Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

ehtiyojlarning o’sib
borishi
iqtisodiy qonunda o‘z ifodasini topadi. Mazkur qonun 
nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib 
turishini, eskilarining o‘rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib 
borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va 
uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal 


14 
tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda 
aks etadi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga 
qarshi ta‘sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati
jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar, 
iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar) 
ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta‘sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, 
ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, 
mutlaqo yangilarining paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida uning turlari 
nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon 
bo‘ladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran 
o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning uzluksiz 
o‘zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Qondirilgan ehtiyoj yangi 
ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi tuproqqa to‘lganda to‘yadi» 
degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Ehtiyojlarning yuksalishi miqdoran o‘sib, tarkiban yangilanib borish orqali
amalga oshadi.
1. Kishilar ehtiyojining miqdoran o‘sishi, bir tomondan aholi sonining 
ko‘payib borishi bilan, ikkinchi tomondan, iste‘molning miqdoran ortishi bilan 
bog‘liq. 
2. Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib borishi ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, 
o‘rniga yangisi kelishini anglatadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z navbatida ehtiyojlar ham 
ishlab chiqarishga ta‘sir etadi. Birinchidan, ehtiyojlar iqtisodiy faoliyatining aniq 
yo‘nalishiga asos bo‘ladi, ikkinchidan inson ehtiyojlarining miqdor va sifat 
jihatdan tez o‘zgarishi ishlab chiqarishning unga moslashishini taqozo etadi.
Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasida 
o‘zaro uzviy bog‘liqlik murakkab tarzda kechishini ko‘rsatadi. Ehtiyojlarning 
cheksizligi nisbatan ko‘proq ijtimoiy-ma‘naviy ehtiyojlarga taalluqli. Shu sababli 


15 
A.Smit «ovqatga intilish har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig‘imi bilan 
cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy sharoiti va 
anjomlarni bezashga intilish aftidan cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega 
bo‘lmasa kerak» deb ta‘kidlagan. 
Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste‘mol (HI)ni 
ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi, ya‘ni 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin