Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

kishilarning ehtiyojlari
asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha 
hayotiy ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma‘naviy, siyosiy ehtiyojlar) 
orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning 
yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy 
ne‘matlardan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar 
moddiy, ma‘naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. 
Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o‘zlariga foydali bo‘lgan 
ne‘matlarni iste‘mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular iste‘mol uchun zarur 
bo‘lgan ko‘plab hayotiy ne‘matlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-
ziynat, buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o‘z ichiga oladi. 
Bu o‘rinda shuni ta‘kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba 
hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi 
mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne‘matlar kabi ma‘lum ehtiyojlarni qondiradi. 
Ma‘naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam 
olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratiga ega bo‘lish, har xil xizmat-
lardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar 
yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin.
Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan iste‘mol faoliyatining turli shakllarida 
qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda 
mavjud bo‘lishi zarurligini taqozo qiladi. Masalan, ta‘lim olish, sog‘liqni saqlash, 


11 
dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar 
tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.
 
Jamiyat ehtiyojlarida 
korxona va davlat 
ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. 
Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya‘ni tovarlar ishlab 
chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, 
butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, uning xavfsizligini 
ta‘minlash, tinchligini saqlash avtomobil va temir yo‘llar, maktablar, kasalxonalar 
qurilishi hamda ijtimoiy ne‘matlar bilan ta‘minlashni o‘z zimmasiga oladi. 
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham iqtisodiy ne‘matlar va 
iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi. 
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta‘sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar: 
-

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin