12
1. Ehtiyojlar qondirilish zaruriyatidan kelib chiqib birlamchi – eng zarur
ehtiyojlar, ikkilamchi qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan ehtiyojlar mavjudligi
qayd qilinadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat,
kiyim-kechak va boshqa kabilarga bo‘lgan
ehtiyojlarini, ikkilamchi ehtiyojlarga
ularning ma‘naviy, intellektual faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san‘at,
turli ko‘ngilochar tadbirlarga qatnashishga bo‘lgan ehtiyojlarini kiritish mumkin.
Ayni vaqtda bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo‘lsa, boshqasi
uchun hayotiy yashash vositalari ahamiyatli. Bir kishi uchun ma‘naviy
ehtiyojga
xohish bo‘lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj birlamchi bo‘lish mumkin.
2.
Ehtiyojlar sub‘ektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umumjamiyat
ehtiyojlariga bo‘linadi.
a)
Individual ehtiyoj –
har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik
ehtiyojlar bilan birga har tomonlama kamol topishi uchun bo‘lgan ehtiyojlarni o‘z
ichiga oladi.
b)
Guruhiy ehtiyoj
– bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan
guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash,
faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
v)
Umumjamiyat ehtiyoji
– bu mamlakat miqyosida, insonlarning bir butun
bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va
guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo‘ladi.
3.
Ehtiyojlar ob‘ektga ko‘ra moddiy, ijtimoiy-ma‘naviy ehtiyojlarga bo‘linadi.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Ular
tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat,
kiyim-kechak, turar-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi yashashning bir-
lamchi shartidir. Ijtimoiy-ma‘naviy ehtiyoj jamiyat taraqqiyotining ma‘lum
bosqichida, tsivilizatsion rivojlanish natijasida yuzaga keladi.
Jamiyat rivojlanishi
bilan ijtimoiy-ma‘naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylanib boradi. Kishilar
ijtimoiy-ma‘naviy xizmatlardan foydalanib, axloqiy, ma‘naviy, estetik, jismoniy
jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi.
13
4.
Ehtiyojlar maqsadidan kelib chiqib mehnat qilish,
dam olish, ish qobi-
liyatini tiklashga bo‘lgan ehtiyojlarga ajratiladi.
Mehnat qilish ehtiyoji insonning o‘zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson
yashay olmaydi. Chunki mehnatsiz nozu-ne‘matlarni yaratib bo‘lmaydi va inson
shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat qilishga ehtiyoji insonda jismoniy mehnat
layoqati va aqliy qobiliyati borligidan kelib chiqadi.
Inson mehnat qilar ekan,
albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngilochar tadbirlarda
qatnashishiga ehtiyoj sezadi.
Ehtiyojlar qondirilishi tartibiga ko‘ra yakka tartibda va birgalikda qondiriladigan
ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘zining ehtiyojlarining bir qismini yakka
tartibda, boshqa qismini esa birgalikda qondiradi. Moddiy ehtiyojlarning ko‘pchiligi
odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma‘naviy
ehtiyojlar ko‘proq birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan,
kiyim
kiyishga bo‘lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj birgalikda
qondiriladi.
5.
Iste‘moldan ko‘zlangan maqsadga qarab shaxsiy va unumli yani ishlab
chiqarish ehtiyojlari farqlanadi. Iste‘mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan
ehtiyoj shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, bunda
iste‘mol tovarlari ( xizmatlar) shaxsiy iste‘mol uchun foydalaniladi. Ishlab
chiqarish ehtiyojlari bilvosita
ehtiyojlar hisoblanib, yaratish uchun zarur bo‘lgan
ishlab chiqarish vositalari unumli iste‘mol qilinadi.
Jamiyatning, ya‘ni uni tashkil qiluvchi kishilar, korxonalar va davlat
ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va ortib borishi
Dostları ilə paylaş: