3. Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublari.
1.Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta’sir etuvchi omillar Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyojdir. Aniq to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyojning tovar ta’minotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va qondirilmagan talabga bo‘linadi. Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilgan qismi bo‘lib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi.
Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilmagan qismi bo‘lib, u bozorda iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan tovarlarni yo‘qligi va sifati pastligi natijasida yuzaga keladi. Iste’mol talabi murakkab kategoriya hisoblanib, unga narx va narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Narxga bog‘liq bo‘lgan omillarga asosan aholining daromadlari va tovarlarga bo‘lgan narxlar kiradi.
Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarga esa, bozorning katta – kichikligi (razmeri), bir – biriga o‘xshagan tovarlarning narxlari, iste’molchilarni hohish va istaklari kiradi. Talab hajmini narx darajasiga bog‘liqligi, talab va taklif qonuniga asosan aniqlanadi.