−
insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish (shu jumladan
iste’molchilar);
−
daromadlarni qayta taqsimlash;
−
ilmiy-
texnikaviy taraqqiyotni qo’llab-quvvatlash;
−
tarkibiy va mintaqaviy nomutanosibliklarni bartaraf etish;
−
samarali xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish kabi vazifalarni
kiritishimiz mumkin.
Bu vazifalarni amalga oshirishda davlat tovar-pul munosabatlari amalga
oshiriladigan tashkilotlar darajasida o’z-o’zini tartibga solish mexanizmining
ishlashiga aralashmasdan yoki cheklamasdan, umuman milliy iqtisodiyot
darajasida talab va taklifni tartibga soladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat organlarining boshqaruvdagi
ishtiroki boshida muhim bo’lgan bo’lsa, oxirida minimal tartibga solinadi. Bozor
omillari kuchayib borishi bilan davlat ta’siri shakllari tobora ko’proq "yumshoq"
tartibga solish vositalariga (soliq, kredit, amortizatsiya, tarif siyosati va boshqalar)
aylanmoqda.
Bozor sharoitida boshqaruvni tartibga solishda quyidagi muammolar
boshqaruv jarayonini sekinlatishi mumkin:
−
mintaqalarning rivojlanish darajasini turli tumanligi;
−
aholining psixologik tayyorgarlik darajasini pa
stligi, ya’ni psixologik
tayyor emasligi;
−
markazlashgan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning
analog variantining yo’qligi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi boshqaruv evolyutsiyasi milliy
iqtisodiyotda o’zini-o’zi boshqarish va rivojlantirishga qodir bo’lgan tuzilmalar
faoliyatiga asoslangan tizimni yaratishga qaratilgan. Bunday sharoitda biznes
markazlari tobora ko’proq iqtisodiy mustaqillik o’sib borayotgan hududlar
darajasiga o’tmoqda. Bir tomondan, o’zi ham shundoq rivojlangan mintaqalarda
hal qilinadigan vazifalar soni va murakkabligining ko’payishiga olib keladi, boshqa
tomondan esa, bu butun milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimini sezilarli darajada
soddalashtiradi.
Xususiy tadbirkorlik sohasining kengayishi hisobiga iqtisodiyotning davlat
sektori asta-
sekin qisqarib bormoqda. Biroq o’tish davri yakunida ham davlat
sektori yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismini tashkil qiladi, yirik va o’rta
korxonalarning iqtisodiyot uchun ahamiyati pasayishi dargumon. Ammo bunday
korxonalarn
i boshqarish bozor va ma’muriy usullarning uyg’unligiga asoslanishi
kerak. U yoki bu usullar guruhining ustunligi mamlakat iqtisodiy tizimidagi
korxonalarning holatiga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: