BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA BOSHQARUVNI TARTIBGA SOLISH
USULLARI
Dedajanov Baxtiyor Nabijanovich
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
“Menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Mahmudova Nilufar Abdullo qizi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
“Menejment” yo’nalishi talabasi
Annotatsiya:
Maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning o’ziga
xos tomoni, uni tartibga solish usullari va ularning mazmuni yoritilgan. Shuningdek,
mazkur sohadagi ayrim
muammoli masalalar ko’rsatib o’tilgan. Mavzu doirasida
umumiy xulosalar berilgan va tegishli tasiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar:
tartibga solishni bevosita va bilvosita usullari, monopoliyaga
qarshi qonunchilik, narxlarni davlat nazorati, ekologik talablar, taqiqlar tizimini
ishlab chiqish,
kreditlar bo’yicha foiz stavkalarini differensiallashtirish, mehnat
munosabatlari, bandlikning ijtimoiy kafolatlari, muvofiqlashtirish shakllari
Kirish
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishini samarali
boshqaruv tizimisiz amalga
oshirib bo’lmaydi. Bozor iqtisodiyotini boshqarish tizimi ayrim hollarda bozor va
davlat tomonidan tartibga solishni o’zida uyg’unlashtiradi. Ma’lumki, bozor butun
jamiyat ehtiyojlari, mamlakat ijtimoiy birligi, fundamental ilmiy tadqiqotlar o
’tkazish,
uzoq muddatli dasturlar va boshqalar bilan bog’liq ko’plab muammolarni hal eta
olmaydi. Shuning uchun,
har bir jamiyatda mazkur
jamiyatga xos bo’lgan
zamonaviy boshqaruvni olib borish kerak bo’ladi.
Bu borada yurtboshimiz o’zlarining ma’ruzalarida: “Zamonaviy oqilona
boshqaruv tizimini joriy etish
– oldimizda turgan vazifalarni
bajarishning asosiy
shartidir
”- deb ta’kidlab o’tganlar.
Demak, mazkur jarayonda zamonaviy boshqaruv
va uning subʼyekti bo’lgan
menejer faoliyati alohida tavsiflanadi. Tadbirkor bozor iqtisodiyotining mustaqil
subʼyekti sifatida mulk egasini mulk funktsiyasidan ajralishi natijasida vujudga
keldi, buning natijasida
mulkdor va tadbirkor bir-
biriga nisbatan avtonom bo’lib
qoldi. Bu shuni anglatadiki, mulkdor tadbirkor bo’lmasligi mumkin, lekin tadbirkor
mulkdor bo’lishi mumkin.
Korxonani boshqarishda mulkdor, tadbirkor va boshqaruvchi bilan bir qatorda
mehnat jamoasi ham ishtirok etadi. Mehnat jamoasini boshqarish sohasi, birinchi
navbatda, mehnat munosabatlariga taalluqlidir va mahsulot hamda mehnat sifatiga
ta’sir qiladi. Mehnat jamoasi a’zolari eng muhim boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda
maslahat
funktsiyalarini
ham
bajaradilar,
korxona
faoliyatini
takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritadilar. Xodimlar tomonidan bajariladigan
boshqaruv funktsiyalari doirasi ijtimoiy sheriklikning rivojlanish darajasiga, ularning
ulushlarga ega bo’lishiga, ma’lumotiga, malakasiga, madaniyatiga, xodimlarning
shaxsiy fazilatlariga va boshqa omillarga bog’liq.
Yuqoridagilardan kelib chiqib bozor iqtisodiyotida
boshqaruvni bilvosita va
bevosita tartibga solish dolzarb masala ekanligidan dalolat beradi.