Mavzu doirasidagi ilmiy-nazariy tadqiqotlardan kelib chiqib, bozor sharoitida
boshqarishni tartibga solishda quyidagi xulosalarni berishimiz mumkin:
1.
Tashkilot faoliyatini bozor talabi va ehtiyojlariga yo’naltirilgan holda
boshqarish -
aniq iste’molchilar xohishlarini inobatga olish va talab yuqori bo’lgan
mahsulot turini ishlab chiqarishga asoslanadi.
2. Jamiyat ishlab chiqarishni boshqarishda uning samaradorligini oshirish
uchun kam xarajatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishga muntazam harakat
qiladi.
3
.
Korxona, tashkilot faoliyatining yakuniy natijalari uchun mas’ul bo’lgan
shaxslarga qaror qabul qilish, erkinligini beruvchi xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lish
lozim bo’ladi.
4. Bozordagi holatga mos ravishda maqsadlar va dasturlarni muntazam
ravishda moslashtirib boriladi.
5. Boshqaruvning barcha darajalarida asoslangan va aniq qarorlar qabul
qilishda axborot kommunikatsiya texnologiyasidan foydalanish darajasi ortib
boradi, shuningdek turli zamonaviy axborot manbalaridan foydalanish kengayib
boradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy boshqaruvni tartibga solishda
boshqaruv tizimlari hamda quyi tizimlar uchun quyidagi tamoyillarni tavsiya etamiz:
1.
Tizimning o’zini-o’zi tashkil qiluvchi va o’zini-o’zi boshqaruvchi
innovatsion usullarni shakllantirish va rivojlantirish.
2.
Ijobiy va salbiy og’ishlarga o’z vaqtida tez e’tibor berish, firmada
birgalikdagi harakatlarni tashkil qilish borasida ko’rilgan tadbirlarni joriy va
funktsional natijalarga erishishga yordam berayotgan, hamma samarali ishlashga
g’ov bo’layotgan omillarga baho berish.
3.
Odamlarni boshqarish, ishlab chiqarishni yangilash uchun tashkilotdan
tashqari aloqalarni boshqarish usuli va jarayonlarni sintez qilish orqali ularni
samarali birlashtirish.
4.
Korxonalarning mustaqilligini
ta’minlash, yani o’zini-o’zi boshqarish
sohasini sezilarli darajada kengaytirish lozim. Menejerlar tomonidan bajariladigan
ishlarning hajmi va tavsifini takomillashtirish lozim.
5.
Ilmiy texnika taraqqiyotini innovatsion boshqaruvining samarali mehnat
qilishga sharoit yaratishga qaratilgan vositalaridan biriga aylantirish kerak.
Dostları ilə paylaş: