savdo korxonalarining rivojlanish g`oyasini, maqsadini aniqlash;
asosiy maqsadga erishishni ta`minlaydigan tijorat g`oyalarini namoyon qilish;
rejalashtirish – uzluksiz jarayon bo`lib, barcha jamoaning ijodiy yondoshishini, rag`batlantirishni taqozo qiladi (jamoa a`zolari rejalashtirish jarayonida faol qatnashishi, pirovard natijalarda ularning ish haqi undan bog`liqligidadir);
reja barcha funksional bo`limlarni, mutaxassislarni, boshliq bilan uning qaromog`idagi xizmatchilarni o`zaro ta`siri va chambarchas bog`lanishda, birgalikda optimal aniqlashga erishish asosida tuzilishi kerak;
bozor konyukturasi o`zgarish ehtimollariga mo`ljallangan alternativ variantlar mavjud bo`lishi shart;
bozor iqtisodi sharoitida barcha resurslardan (ular chegaralangan) oqilona, ratsional foydalanish, xarajatlarning tejamliligini, natijalarning optimalligini ta`minlash;
savdo faoliyatini chuqur, har tomonlama baholash maqsadida uning samaradorligi me`zonini, ko`rsatkichlarini aniqlash;
savdo faoliyatiga ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash, uning ta`sir qilish darajalarini chuqur tahlil qilish, asoslash imkoniyatlarni, yangi rezervlarini aniqlash;
va nihoyat ishlab chiqarilgan hamda qabul qilingan dasturning bajarilishini ta`minlash va nazorat qilish kabilardir.
Chet el savdo korxonalarining tajribasidan ma`lumki, rejalarning ishlab chiqarilishiga qat`iy talablar qo`yiladi. Rejalarda asosiy muammolar, vazifalar o`z ifodasini topadi. Masalan: Savdoning tovar aylanishi hajmi, assortimentlari bo`yicha tovar aylanishi, tovar zahiralari ko`rsatkichlari, tovarlarni kelishi (manbaalari bo`yicha), asosiy, aylanma va moliyaviy mablag`lari (fondlari), mehnat resurslari va ish haqi, daromadlari, xarajatlari, foydasi kabilar.
Bu bo`limlarning har biri bo`yicha aniq chora-tadbirlar, konkret javobgarlik belgilab qo`yiladi. Alohida bo`limlar bo`yicha taqvim rejalar ishlab chiqilib, kim nima qiladi, qanday bajaradi kabi masalalarni hal qilish yo`llari aniqlanadi.
Xulosa Prognozlash va rejalashtirish turlari va bosqichlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalarni tezkor, joriy, o`rta muddatli, strategik (uzoq muddatli) tizimi qo`llaniladi va bu asosida rejalashtirishni uzluksizligi ta`minlanadi.
Rejalar alohida alomatlariga qarab tasniflanadi va alohida turlarga bo`linadi.
Rejalarni tasnifi va turlari quyidagi 1-chizmada keltirilgan:
Jahon amaliyotida rejalashtirishning alohida bosqichlari, ya`ni rejalashtirish jarayonining ketma-ketligi ishlabch iqilgan va ularga rioya qilishlik rejalashtirish jarayonini bosqichlarini (logik) mantiqiy bog`liqligini ta`minlaydi.
Rejalashtirish bir necha bosqichdan iborat bo`ladi. Ularni umumlashtirib uch bosqichga bo`lish mumkin.
Boshlang`ich bosqichda g`oyani shakllantirish, maqsadni aniqlash, ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, rejalashtirilayotgan ko`rsatkichlarning yo`nalishlarini aniqlash, istiqbolni belgilashdan iborat bo`lishi kerak.
O`rtanchi bosqichi ko`p variantli rejani tuzish, xo`jalik subyekti rahbariyati tomonidan ko`rib chiqish, uning optimal variantini ma`qullash.
Oxirgi bosqichi qabul qilingan rejani bajaruvchilarga yetkazish, bajarilishini ta`minlashni chora-tadbirlarini ko`rish va nazorat qilishdan iborat bo`lishi kerak deb hisoblaymiz.
Ushbu bosqichlarni standart sifatida qabul qilmaslik kerak. Rejalashtirishning turlari va ko`rsatkichlari, rejalashtirilayotgan faoliyatga qarab bosqichlarni kengaytirish, boshqa ketma-ketlik shakllarini ishlatish mumkin.
Rejalashtirishni ishlab chiqarish jarayoni ham uning turlariga qarab o`ziga xos alohida bosqichlardan iborat bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O`zbekiston Respublikasi Mulkchilik to`g`risidagi qonun. 1990 yil 31 oktabr o`zbekiston Oliy Sovetining Vedemostlari, 1990 yil №31-33.
O`zbekiston Respublikasida Mulkchilik to`g`risidagi qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida o`zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 may qonuni o`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1993 yil, 5-son.