Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan korxona, tashkilot va muassasalarda mavjud mablag‘lardan samarali foydalanish, korxona ixtiyoridagi aktivlarning samaradorligini maksimal darajada ko'tarish asosiy vazifa bo‘lib hisoblanadi. Chunki mablag‘- lardan samarali foydalanish korxona aktivlari unumdorligini oshirishda va bu orqali maksimal darajada foyda olishda muhim ahamiyat kasb eladi. Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o ‘tkazish va tarm oqlar iqtisodiyotini izchil rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bogliq. Bugungi kunda investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish va investitsion faoliyatni boshqarish o‘zgacha yondashishlarni talab etmoqda. Chunki xo‘jalik yuritishning zamonaviy yo‘Iini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Investitsion siyosatni amalga oshirishda bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, ya’ni investitsion jarayon qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini belgilab berish mamlakatda investorlar uchun to‘laqonli raqobatni ta’minlash, moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Investitsiya inglizcha investment so‘zidan olingan bo‘lib, sarmoya qo‘yish degan ma’noni anglatadi. M oliyaviy investitsiyalar — daromad olish (xuddi foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko‘paytirish maqsadida uning tasarrufida bo‘lgan korxona aktivlaridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy investitsiyalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo‘lgan bo‘sh pul mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida hisobga olishni yengillashtirish uchun quyidagi guruhlarga ajratiladi: — qimmatli qog‘ozlar; — sho‘ba korxonalariga investitsiyalar; — qaram birlashmalarga investitsiyalar; — qo‘shma korxonalarga investitsiyalar; — boshqa uzoq muddatli investitsiyalar. Qimmatli qog‘ozIar uzoq muddatli investitsiyalaming asosiy qismini tashkil etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qimmatli qog‘ozlar investitsiyalar yo‘naltirishning asosiy vositasi hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond biijalari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, «qimmatli qog‘ozlar — bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o'rtasidagi mulkiy huquqlami yoki qarz munosabatlarni tasdiqlovchi, dividend yoki foiz ko'rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir». Yuqorida qayd etilgan qonunga kocra, qimmatli qog'ozlarga: — aksiyalar: — obligatsiyalar; — xazina majburiyatlari; — depozit va xazina sertifikatlari; — veksellar; — hosilaviy qimmatli qog'ozlar kiradi. Aksiya (gollandcha «actie» so‘zidan olingan bo£lib, qimmatli qog'oz degan ma’noni anglatadi) — bu aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga muayyan hissa qo‘shganlikdan guvohlik beruvchi, uning egasiga foydaning bir qismini olish va odatda, ushbu jamiyatni boshq