Bozor Iqtisodiyoti va uning umumiy mazmun, mohiyati


Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor xaridorning izmiga bo’ysunadi



Yüklə 41,61 Kb.
səhifə6/14
tarix24.10.2023
ölçüsü41,61 Kb.
#160506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bozor Iqtisodiyoti va uning umumiy mazmun, mohiyati-fayllar.org

6.Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor xaridorning izmiga bo’ysunadi. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish xaridorning talab va ehtiyojiga qarab moslashishga majbur. Agarda moslashmasa, ya’ni talabga loyiq mahsulot ishlab chiqarmasa, xizmat ko’rsatmasa, u zarar ko’rishi, hatto bor budidan ajralib qolishi mumkin. Bundan kelib chiqib tovar va xizmatlar to’kinligiga erishiladi. Tovarlar to’kinligini ta’minlashda narxlarning erkinligi muhim rol o’ynaydi.

7.Bozor iqtisodiyoti faoliyatlarni muvofiqlashtirish, boshqarishda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Unda o’z-o’zini boshqarish bilan davlat ta’sirini o’tkazishi qorishib ketadi.
Bozor iqtisodiyoti har qanday iqtisodiyot kabi iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida rivojlanadi. Bu qonunlar bir tomondan, umumiqtisodiy qonunlardan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan bozor iqtisodiyotining o’ziga xos qonunlaridan iborat.
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiyotni tashkil etish, faoliyat yuritishning, uni tartibga solish va boshqarishning murakkab shakli bo’lib, avvalo u tovar-pul munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar bozor orqali bog’lanadi, ularning hamkorligi ham bozor orqali ta’minlanadi.
Bozor iqtisodiyoti har bir insonni o’z faoliyatining natijasini o’ylab, hisob-kitob qilib, oqilona ish yuritishga undaydi.


Bozor iqtisodiyotining ob’ektlari va sub’ektlari
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga,aloqalariga asoslanar ekan, uning ob’ekti hamda sub’ektlari mavjud.Bozor iqtisodiyotining ob’ektlari — bu munosabatlar, aloqalar nimaga nisbatan yuz berishini ifodalasa, sub’ektlari ana shu munosabatlar, aloqalar kimlar o’rtasida bo’lishini ifodalaydi.


Bozor iqtisodiyotining ob’ekti tovar hamda puldir. Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi tovar va pul. Xozirgi paytda bozor iqtisodiyotining yana bir ob’ekti sifatida pul massasi yoki agregatlari tushuniladi.

Yüklə 41,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin