O`zbekiston Respublikasida bojxona xizmatini shakllanish bosqichlari va inqiroz davrida amal qilish xususiyatlari 7
1.3.3-rasm
IV. Konsepsiyani amalga oshirish tadbirlari • Konsepsiyada belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo’yicha DBQ sohaviy
boshqarmalari tomonidan Ishlar boshqarmasi bilan kelishilgan holda alohida dasturlar va
rejalar tuziladi.
• Zarur hollarda amaldagi tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan
takliflar yoki idoraviy hujjatlar loyihalari tayyorlanadi.
• Konsepsiyaning ustuvor yo’nalishlarida o’zaro yaqin dolzarb ishlar birlashtirilib amalga
oshirilishi mumkin.
• Konsepsiyani amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish bo’yicha DBQ ishchi guruhi
tuziladi.
Bojxona tizimini yanada rivojlantirish va isloh qilishning 5 ta ustuvor yo’nalishlari va ular qamrab olgan sohalar quyidagilardan iborat: 1. Me’yoriy huquqiy bazani takomillashtirish: bojxona qonunchiligini, huquqiy-me’yoriy bazasini xalqaro bojxona tartib va qoidalariga moslashtirish; 2. Boshqaruv tizimini takomillashtirish kadrlar siyosati va xalqaro hamkorlik: boshqaruv tizimi, kadrlar siyosati; oliy harbiy bojxona institutida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik kurslari samaradorligini oshirish; bojxona organlarida korruptsiyaga qarshi kurashish; xalqaro hamkorlik; 3. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini hamda tahlil ishlarini takomillashtirish: bojxona nazorati mexanizmini takomillashtirish; bojxona rasmiylashtiruvi; boj-tarif siyosati va fiskal masalalar; bojxona statistikasi va tahlil ishlari; bojxona ekspertizasi; 4. Kontrabandaga qarshi kurashish va surishtiruv ishlarini takomillashtirish: kinologiya sohasini rivojlantirish; bojxona organlarida tekshiruv va surishtiruv ishlari; 5. Bojxona
infratuzilmasini
va
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarini
modernizatsiyalash: bojxona infratuzilmasini rivojlantirish; bojxona organlarida moliyalashtirish va maxsus fond; moddiy-texnika bazani yaxshilash; zamonaviy bojxona inshoatlarini qurilishi va ta’mirlanishi; axborot-kommunikatsion texnologiyalarini samaradorligini oshirish; Bojxona organlari faoliyatini targ’ib etish.