Prizentining 8 iyul 1997 yil №PF 1815 sonli farmoni bilan “Respublika Bojxona Qo’mitasi” tashkil topdi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo’mitasi O’zbekiston Respublikasining
qonun xujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq bojxona ishi, kontrabandaga,
giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalarning g’ayriqonuniy muomalasiga qarshi kurash
masalalari bo’yicha xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda xalqaro tashkilotlar
bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarining yagona tizimini tarkib topishi va
rivojlanishi uning ish qobiliyatini ta’minlash bosqichlari o’ziga xos davrlarni bosib o’tadi.
O’zbekiston hududida birinchi bo’lib 1893-yilda Termizda PattaHisor bojxona posti ochilgan,
ikkinchi bojxona posti 1959-yilda Toshkent Xalqaro aeropotida tashkil etilgan, undan so’ng
1970-yilda Toshkent Bojxonasi ochildi va mazkur bojxona posti Termizdagi bojxona postiga
bo’ysunmagan holda faoliyat yuritadigan bojxona posti bo’lgan.
Birinchi bosqich (1991-1994 yilgacha)O’zbekiston Respublikasining Prizidentining
Bojxona Qo’mitasini tashkil qilish xaqidagi 1991 yil 25 oktyabrdagi farmonining qabul
qilininshi va O’zbekiston Respublikasida Bojxona xizmatining ahamiyati va organning moxiyati
bilan belgilanadi,
Keyinchalik bojxona tizimimning vazifalari va shartnomalarning o’zgarishi munosabatlari
bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi farmoni bilan Davlat
Soliq Qo’mitasining Bojxona Bosh Boshqaramasiga aylantirildi.
Ikkinchi bosqich (1994-1999 yillar). Mazkur bosqichda Bojxona organlari shakllanishida
muhim bo’lgan qadamlar tashlandi. Eng avvalo O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-
yil 8-iyuldagi PF-1815 O’zbekiston Respublikasi “Davlat Bojxona Qo’mitasi”ni tashkil etish
to’g’risidagi farmoni muhim qadamlardan biri bo’ldi deb aytishimiz mumkin. Mazkur
farmonning 7-bandiga asosan “O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat soliq boshqarmasini
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga o’zgartirish to’g’risida” O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1994-yil 18-yanvardagi Farmonining ikkinchi bandi o’z kuchini
yo’qotgan deb hisoblansin, shuningdek mazkur Farmonning kirish qismidagi “va bojxona”
so’zlari olib tashlansin.Yuqoridagi farmonning qabul qilishdan maqsad: “Bojxona ishini tashkil
qilishni yaxshilash, yagona bojxona siyosatini o’tkazish, respublika bojxona organlarining
tezkorligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshiris, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini
mustahkamlashda ularning rolini kuchaytirish, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi xalqaro
hamkorlikni yanda kengaytirish”