II. O'ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH SHAROITIDA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATINING AMALDAGI HOLATINING TAHLILI.
2.1. Mamlakatni jadal isloh etish va modеrnizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari va asosiy yo’nalishlari
Mamlakatni jadal isloh qilish va modernizatsiyalash sharoitida mehnatni tashkil etishni tuzatish muammolari.
Ma'lumki, mamlakatimizning chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash va xorijda respublikamizning iqtisodiy imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish orqali uning xalqaro nufuzini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish, turizm sohasini yanada rivojlantirish iqtisodiy sohadagi ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Shu bois Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat idoralarining bu yo‘nalishlardagi faoliyati ustidan samarali parlament nazorati tizimini yaratish maqsadida Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi va bundan buyon Senatning tegishli qo‘mitasi faoliyati tubdan takomillashtiriladi.
Joylardagi davlat hokimiyati organlari – barcha darajadagi hokimliklar, xalq deputatlari kengashlari faoliyatini takomillashtirishni davom ettirishimiz zarur. Shuning uchun Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari kengashlari ishini tashkil etish tajribasi joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ularning asosiy maqsadi va vazifasi – aholining barcha toifalari bilan doimiy muloqotda bo‘lish, fuqarolarning qonuniy talab va ehtiyojlarini nafaqat o‘rganish, balki ularni ta'minlashdan iborat.
Mavjud muammolarni amalda hal etish, shuningdek, aholi uchun erkin mehnat qilish, mazmunli dam olish va munosib turmush darajasini ta'minlash bo‘yicha har tomonlama qulay sharoitlar yaratish lozim. Aynan ana shu mezonlardan kelib chiqib, mahalliy hokimiyat organlarining mamlakatimiz Konstitutsiyasining 100- va 101-moddalari talablarini bajarish bo‘yicha faoliyati samaradorligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin va zarur.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi bu islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009-2012-yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshichoralar dasturining bajarilishi va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqarorsur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Iqtisodiy islohotlarni ta’milashga yo’naltirilgan bunday tadbirlar jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta’minlash dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O’zbekistonga iqtisodiyotning barqaror o’sish sur’atlarini saqlab qolish va aholining real daromadini oshirish imkonini berdi.
Eng avvalo, modernizatsiya atamasiga to’xtaladigan bo’lsak, odatda, uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan iqtisodiyotga oid ayrim lug’atlarda unga quyidagi mazmunda ta’rif beriladi:
“Modernizatsiya obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan, asbob-uskunalar texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi”. Fikrimizcha, bu modernizatsiya tor ma’nodagi yondashuv bo’lib, bugungi kunda uning keng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Modernizatsiya –an’anaviy jamiyatni ilg’or, industrialjihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy tarixiy jarayondir.Umuman olganda, modernizatsiya juda keng tushuncha bo’lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg’or andozalar tomon yo’naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin. Zero, bu holat mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qo’shma majlisidagi ma’ruzada mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etishning ustuvor yo’nalishlari hamda mazkur yo’nalishlar doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Jumladan, iqtisodiyot sohasida:-mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini yanada
chuqurlashtirish;-iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish;-bozor iqtisodiyoti sharoitida hozirgacha o’tmishdan meros sifatida saqlanib qolayotgan ma’muriy-
taqsimot tizimi mezonlaridan butunlay voz kechish;-xususiy sektorning yanada jadal rivojlantirilishini ta’minlash;-davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko’proq cheklash;-kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratish;-xususiy tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug’ullanuvchilar faoliyat ko’rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularni rag’batlantirib borishni tashkil etish;-soliq tizimini yanada takomillashtirish;-
soliqqa tortish borasida qo’shimcha imtiyozlar va pereferentsiyalar berilishini ta’minlash va boshqalar.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi. Ayniqsa, mazkur yo’nalishlar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash muhim o’rin tutadi.
Mehnat faoliyati deganda insonni biror mehnat turi bilan band bo‘lishi tushiniladi. Mehnat faoliyati insonning hal qilinadigan vazifalar va bajariladigan ishlari yig‘indisidan tashkil topadi.
Mehnat faoliyatining mohiyatini umumlashgan, hamda konkret shaklda olib qaraladigan bo‘lsa, bir-biri bilan bog‘liq ikki muhim vazifani hal qilishning ob’ektiv zarurati bilan belgilanadi. Bu vazifalardan biri — insonlarning moddiy mehnat elementlari bilan o‘zaro harakatga kirishuvini aniklashdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi — birgalikda yoki o‘zaro bog‘langai faoliyat qatnashchilari o‘rtasida munosabatlari shakllanishidan iboratdir. Xuddi mana shu narsa mehnat faoliyatini tashkil etish predmeti hisoblanadi. Buning mohiyati mehnat faoliyatini tashkil etish vazifasiga (keng ma’noda olganda) mehnat sub’ektini (ayrim xodim yoki mehnat jamoasi) aniqlash, uni zarur mehnat predmetlari va vositalari bilan ta’minlash, qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish, mehnat (ishlarini bajarish) jarayonlarini tashkil etish, mehnatga haq to‘lash kabi masalalarini o‘rganish bilan bog‘liqdir.
PROMOTED CONTENT
Operatsiyalarni unuting! Ko'rish uyda tiklanadi
Visu Caps
Have A Question About Egg Safety, Handling Or Preparation?
Herbeauty
Ushbu arzon o'zbek vositasi ko'rish qobiliyatini 98% tiklaydi
Visu Caps
Gay Couple Immortalizes Gorgeous Traditional Indian Wedding
Herbeauty
Iqtisodiy o'sishni ta'minlashda mehnat bozorini faoliyat ko`rsatishining iqtisodiy mexanizmi.
Zamonaviy makroiqtisodiy tuzilmalar uchun axborotga ega bo‘lish juda ham muhim, chunki atrof muhitdagi noaniqlik yuz marta o‘sdi, bu ko‘pincha, firmalar, korxonalar, korporatsiyalar, banklar faoliyatining buzilishiga olib keldi, rahbarlikning har qanday darajasida asoslanmay qabul qilingan qarorlar xo‘jalik ob’ektlari uchun tuzatib bo‘maydigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishi va rivojlanishining muhim shart-sharoiti, vositasi bo‘lib, uning sub’ektlari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlovchi mehnat bozori axborot tizimini shakllantirishdan iboratdir. Mehnat bozorida axborot tizimini vujudga keltirish va takomillashtirish hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari o‘rtasida yagona ish bilan bandlik siyosatini yuritish ular o‘rtasida kommunikatsiya aloqalarni ta’minlash hamda transaksion xarajatlarni qisqartirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Axborotlashtirish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish va mehnat bozorida davlat siyosatini yuritish bo‘yicha yangi-yangi talablarni yuzaga keltirmoqda. O‘zbekiston mehnat bozoridagi hududiy farqlar ahamiyatli ravishda hududiy bozorlar integratsiyasini ta’minlaydigan hamda hududiy xususiyatlarni hisobga oladigan hududiy ish bilan bandlik siyosatini ishlab chiqishni zarurat etmoqda.
Hozirgi vaqtda mehnat bozorida axborotlar roli jiddiy ravishda o‘smoqda. Boshqaruv maqsadlari uchun axborotlarga yuqori ehtiyoj va axborot jarayonlarining shiddatli rivojlanishi uning infratuzilmasi tarkibiy qismlari yaratishni birinchi o‘ringa olib chiqadi. Axborotli infratuzilma hisoblash texnikasi, kommunikatsiya vositalari, uslubiy va dasturiy ta’minlash, faoliyatning yordamchi turlarini qamrab oladi. Hisoblash texnikasi bilan jihozlashni yetarli darajada ta’minlash maqsadida hisoblash vositalari bozorining narxi arzonlashmoqda. Kishilik faoliyatining tegishli sohalarida samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy-texnik, siyosiy, iqtisodiy va har qanday axborotlar hajmining o‘sishi boshqaruvda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Axborot va kommunikatsion texnologiyalar iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlariga ulkan va global miqyosda hamda har qanday tarmoq yoki xizmatlarga tegishli firmalarning har bir funksiyasiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda 50% ish bilan band bo‘lganlar kompyuter texnikasidan foydalanmoqdalar. Mehnat bozorining yagona axborot tizimi, masalan, 2000 yilda Koreya Respublikasida yaratildi.
Mehnat bozorida axborotlarning yo‘qligi yoki yetishmasligi ish bilan bandlikka ko‘maklashish doirasida nomutanosib holatlarni keltirib chiqaradi, agarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishchi kuchi yetishmaydigan joyda ishsizlar mavjud bo‘lsa, qanday qilib bo‘sh ish joylari tuzilmasini to‘ldirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish mumkin. Shu sababli mehnat bozorida hududiy ish bilan bandlik siyosatini samarali amal qilishi uchun hududdagi bo‘sh ish joylarining sifatli tasnifi va ishsizlar soni haqida barcha operativ ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi, ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish bo‘yicha hududiy axborot tizimini yaratish zarur.
Aholini ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy bandlik xizmati axborot tizmlarini yaratilishida barcha imkoniyatlari bilan yetakchi rol o‘ynaydi. Har bir hududda axborot tizimlarining yaratilishi va qo‘llanishi respublika miqyosida yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida mehnat bozorining markaziy axborot tizimiga birikishini nazarda tutadi.
Hududiy axborot tizimlarining yaratilishi ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishda tarmoqli – axborotlarni taqsimlash xususiyatlari bilan aloqadorlikda ijobiy tashqi samaralarni yuzaga keltiradi.
Haqikatdan ham, bunday axborot tizimlari xizmatlariga talab hududiy mehnat bozorini qamrab olish doirasigacha kengayib boradi.
Ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishda hududiy axborot tizimi ishchilarning bo‘sh ish joylarini izlashda ularning raqobatbardoshligini oshirishga amaliy natija beradigan yordam ko‘rsatishi mumkin. U ishsizlikdan sug‘urtalash tizimi bilan birgalikda davlat ish bilan bandlik xizmatiga mehnat bozoridagi holatlarning hududiy darajada ancha egiluvchan va moslashuvchan ta’sir etishi va faoliyatining samaradorligini oshirish uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, mehnat bozorining hududiy axborot tizimlari davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari faoliyatlarida ish joylarini tanlash davrini qisqartirish, ishsizlik bo‘yicha to‘g‘ri va zamonaviy nafaqa to‘lovlarini ta’minlash, ishsizlikning davomiyligini qisqartirish, mavjud ish joylari to‘g‘risida ma’lumotlar banki bilan muvofiqlikda ishchilarni kasbga qayta tayyorlashni ishlab chiqish samaradorligini oshirishda vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini joriy etish iqtisodiyotning axborot sektorini intensiv rivojlantirish jarayonini qamrab oladi. Shuning uchun hududiy darajada iqtisodiyotni axborotlashtirishning shakllanish belgisi hisoblanadi.
Albatta, hududiy mehnat bozorida axborot tizimlarining yaratilishi, avvalambor, mahalliy elektron, kompyuter texnikalari ishlab chiqarishni rivojlantirishni talab etadi. Mahalliy elektron sanoatining rivojlanishi mehnat bozorida axborot tizimlari shakllanishi uchun zarur jihozlarni ta’minlaydi.
Axborotlashtirish infratuzilmasi rivojlanishining hozirgi yo‘nalishlarining tahlili axborot xizmati tarmog‘ini takomillashtirishning huquqiy, tashqi va iqtisodiy jihatlarini tadqiq qilish bilan bog‘liq vazifalar majmuasini tezroq hal etish zaruriyatini ko‘rsatmoqda.
Mehnat bozorida axborotlashtirish quyidagi vazifalarni amalga oshirishini nazarda tutadi:
mehnat bozorini axborotlashtirishga tayyorlashning tadbirlar majmuasini amalga oshirish, ya’ni bu muammoni hal etish uchun zarur siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy mutaxassislar tayyorlash va boshqa shu kabi shart-sharoitlarni yaratish;
aholining kompyuter savodxonligini ta’minlash, yangicha fikrlash va axborot madaniyatini shakllantirish.
2.2. O’zbеkistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va ahamiyati
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har bir xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Bugun O‘zbekiston ham o‘z tarixining ana shunday mas’uliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g‘oyaga aylanmoqda. Prezidentning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi.
Xo‘sh, strategiya nima? U xalqning maqsadlarini qanday ta’minlaydi? Tanlagan maqsadlarning istiqbollari nimalarda namoyon bo‘ladi?
Strategiya — bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u izchillik bilan va to‘liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan o‘zaro bog‘liq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi ko‘plab tushunchalarda ifodalanadi.
Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat.Siyosat, strategiya va taktika — strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bog‘liq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan bo‘lsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayog‘iga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi bo‘yicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir.
Ko‘rib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu -umidlari yo‘g‘rilgan g‘oyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. Mafkuradan nusxa olib bo‘lmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan o‘zlashtirib yoxud nusxa olib bo‘lmaydi. Zero, har bir xalqning o‘ziga xos siyosiy- ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud bo‘ladi. Aynan shu omillar ma’lum ijtimoiy sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Strategiyani amalga oshirish eng mas’uliyatli jarayon. Agar u real vaziyatni to‘liq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja bo‘lsa, uning muvaffaqiyati ta’minlanadi. Mabodo teskari bo‘lsa, unda turg‘unlik yuzaga keladi. Bunga sabab, noto‘g‘ri tahliliy ma’lumotlar, xulosalar, kutilmagan sharoitlar, resurslardan oqilona foydalana olmaslikdir. Strategiyani baholash va nazorat qilish strategik rejalashtirishni mantiqiy yakunlovchi omili bo‘lib hisoblanadi. U hodisalarning qayta aloqalanishini ta’minlash jarayonida strukturaviy bo‘g‘inlardagi bog‘lanish imkoniyatlarini tahlil qiladi, baholaydi, aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Zaruratda strategik rejalarni o‘zgartiradi.
Davlat strategik rejalari aniq va o‘zgarmas tamoyillarga bo‘ysundirilishi muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yo‘nalishini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, rahbar o‘z vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi ma’lumotlar va xulosalar bilan qurollanmog‘i, bundan tashqari, improvizatsiya qilmog‘i, quyilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni o‘zgartirish ehtimoli yoki o‘zgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini berishi zarur.
Strategik dastur va rejaning uyg‘unligi hamda turli darajadagi qarorlarning mustahkam bog‘liqligi muvaffaqiyatning kafolati. Mazkur birlik davlat
organlarning strukturaviy bo‘g‘inlarida strategik harakatlarni birlashtirish, barcha funksional bo‘lim rejalarining kelishuvi bilan ta’minlanadi. Ayni paytda strategiyani amalga oshirish imkoniyatlarini tug‘diradi. Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani amalga oshirish uchun tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratilishi lozim.
Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past sur’atlariga, shaxsiy mas’uliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajasini oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor yondashuvlar bilan o‘zgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik yo‘nalishlarni belgilashning mavhum va noma’lum jihatlarini oydinlashtirish orqali tartiblashtirishga erishiladi.
Istiqbol maqsadlarni qo‘ygan davlatlarning aksariyati milliy strategik muvaffaqiyatlarni YAIMning o‘sishida, fuqarolarining farovonlik darajasining yuksalishida, deb qaraydi. Yaqin o‘tmishda davlatning birlamchi vazifalari hosildorlikni oshirish, oltin-neftni ko‘paytirish, armiyani mustahkamlash bilan izohlangan. Albatta, ushbu omillarni inkor etmagan holda bugun O‘zbekistonda milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi fuqarolarn ing g‘oyaviy e’tiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal qonunlar va barqaror ijtimoiy institutlarning mavjudligini ta’minlash asnosida amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Strategik maqsadlarning aynan inson kapitaliga va u orqali adolatli qonunlarning, faol ijtimoiy institutlar harakati tashkil etilishiga qaratilayotganligi bejizga emas. Shuning uchun har qanday islohotlar inson kapitalini rivojlantirish bilan amalda uning tamal toshi mustahkamlanadi.
Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga bo‘lgan munosabatini o‘zgarayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashi davlatning bosh maqsadi sifatida strategik yo‘nalishlar belgilanmoqda. Ular avvalo, rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda o‘z ifodasini topmoqda. Yoshlarga munosib ta’lim berish, zamonaviy kasb-hunarlar bilan qurollantirish, aholining salomatligini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, umuman, ko‘makka muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida o‘z tasdig‘ini topdi.
Davlat va jamiyat qurilishi shunday bir murakkab tuzilmaki, uning tarkibidagi bir-biriga bog‘liq bo‘lgan va bir-birini to‘ldiradigan soha va jabhalarni bir vaqtning o‘zida jadal rivojlantirishni talab qiladi. Ularning har biri ikkinchisiga zamin yaratadi. Qaysidir asosiy soha avval rivojlanib, boshqa soha va tarmoqlar uchun lokomotiv vazifasini ham bajaradi. Albatta, bu jarayonda har bir sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, obyektiv tahlil qilish, o‘z vaqtida tegishli chora-tadbirlar qabul qilish, ularni rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratish, samarali ishlash mexanizmlarini yangi texnologiyalar asosida tashkil etib berish kabi vazifalarni hal qilishni talab qiladi.
Davlatning harakatlar strategiyasi yetaklovchi lokomotiv kuchi — bu davlat va uning organlari. Islohotlarning garovi va kafolati hokimiyatning samarali faoliyati bilan bog‘liq hodisa. U boshqaruv mahorati bilan uzoqqa mo‘ljallangan maqsadlarni rejalashtiradi, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni idora qiladi, aholini safarbar etadi, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va uni odilona taqsimot qilish vazifalarini amalga oshiradi. Shunday ekan, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimlarini takomillashtirmasdan turib mamlakat hayotini modernizatsiya qilib bo‘lmaydi. Modernizatsiya o‘z umrini poyoniga yetkazgan boshqaruv usullarini yangi sifat va talablar darajasiga ko‘tarish bilan mamlakatni rivojlantirishga olib keladi. Bu jarayonlar bevosita mahalliy hokimiyatlarning hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda mustaqil qarorlar qabul qilishning huquqiy asoslarini shakllantirishni taqozo qiladi. Shu nuqtai-nazardan Prezidentimiz parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, ma’muriy islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qo‘llash, davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas’uliyatini qayta ko‘rib chiqish, ularning mustaqilligini yanada oshirish vazifalarini belgilaydi.
Boshqaruvda adolatli davlat idora tizimlari shakllanmas ekan, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari — ikkinchi uzviy bog‘lanuvchi muhim tamoyil ta’minlanmaydi. Ular sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunday tizimning samarali faoliyati fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishning real imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Oliy sud — oliy hakam sifatida jamiyatning yaxshi-yomoni, foyda-ziyonini belgilab beruvchi ma’naviy barometrga aylanadiki, bunday ijtimoiy muhitda jinoyat qilishdan ko‘ra bunyodkorlik qilish afzal bo‘ladi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozimligiga ahamiyat berishi strategik maqsadlarning izchil amaliyotini joriy etishga qaratilmoqda.
Jamiyatda adolatli boshqaruvning vujudga kelishi, shubhasiz, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlash, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, uning raqobatbardoshligini oshirish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning yangi innovatsion texnologiyalarining tatbiq etilishi imkoniyatlarini yaratadi. Ya’ni rivojlanishning ichki qonuniyatlariga ko‘ra, yangi sifat bosqichga ko‘tarilishning murakkab, ammo takomillashgan shakllari paydo bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni amalga oshiradi. Natijada mavjud salohiyatdan samarali foydalanish orqali joylarda mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o‘sish sur’atlari vujudga keladi.
Jamiyatda ijtimoiy ongning o‘zgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham rivojlanib boradi. Jamiyat va uning holati aslida inson ongining in’ikosi. Fuqarolar qanday ezgu amallar ma’rifati bilan qurollangan bo‘lsa, ana shu ruhiy qudrat istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon ulkan to‘lqin sifatida millatning mushtarak maqsadlarida namoyon bo‘ladi. U, o‘z navbatida, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida yangi tarmoqlarning, ishchi o‘rinlarning paydo bo‘lishiga, aholining real daromadi va shunga muvofiq turmush darajasining o‘sib borishiga xizmat qiladi.
Mamlakatimiz tez rivojlanayotgan, o‘z istiqbolini o‘ziga xos yo‘l bilan yaratayotgan davlatlardan biridir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning "o‘zbek modeli" butun dunyo ekspertlari tomonidan e’tirof etilgan.
Xulosa
Bugun taraqqiyotning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari mikroiqtisodiy natijalar hamda jamiyat turmush tarzi bilan moslashmoqda. Odamlarning orzulari ularning imkoniyatlariga mos bo‘lmoqda. Arzon uy-joylar, tibbiy, farmatsevtik, ijtimoiy xizmatlar tizimi shakllantirilmoqda.
Davlat tuzilmalari faoliyatining ish uslublari tubdan o‘zgartirilmoqda. Aholida davlatga bo‘lgan ishonch ruhi keskin yuksaldi. Odamlar islohotlarga, o‘zgarishlarga o‘z xayrixohligini ochiq ifodalamoqda. Ko‘pchilik televideniyedagi axborot dasturlarini kutadigan, Vatanimiz erishayotgan natijalarni boshqa davlatlar bilan taqqoslaydigan, o‘zaro suhbatlarda "Prezidentimiz to‘g‘ri qilyapti”, “Adolatli ish bo‘lyapti”, “Shunday bo‘lishi kerak edi” qabilidagi iboralarni tez-tez aytadigan bo‘ldi.
Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash dasturlarini tuzishda real resurslar, aniq omillarga asoslanilmoqda. Real iqtisodiyotni tarkib toptirish, pul-moliya munosabatlarining samarali tizimini yaratish, iqtisodiy hisobоtlarda haqqoniylikka asoslangan yondashuv qaror toptirilmoqda.
Boshqaruv tizimida insoniy yondashuv ustuvor talabga aylanmoqda. Xalq bilan muloqot tizimi, xonadonma-xonadon yurib odamlarning muammolarini yechish, hamkorlik va real ko‘mak taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Sohalarni rivojlantirishda ma’rifat omiliga tayanish tendensiyasi amal qila boshladi. Bank ma’rifati, fermer ma’rifati, tadbirkor ma’rifati kabi iboralar taomilga kiritildi.
Qishloqni rivojlantirish, uni industrlashtirish va har bir hududda xizmat sohalarini tashkil etish siyosati keng ko‘lamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Odamlarda hayotini o‘zi farovon qila olishga rag‘bat, jamiyat va Vatan istiqboliga ishonch, o‘z iqbolini Vatan ravnaqi bilan bog‘lash harakati yanada kuchaydi.
Davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida idora va muassasalar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik munosabatlarining keng yoyilishi kuzatilmoqda. Prokuror va tadbirkor, fermer va turli xizmat sohalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kuchaydi. Prezidentimiz ana shunday ijtimoiy hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladi: “Tadbirkor boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi. Buning uchun ishbilarmonlarga keng sharoit yaratib berishimiz lozim. Prokuror tadbirkorga ko‘makchi bo‘lishi, u bilan hamkorlikda ishlashi darkor.”
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mutlaqo yangi tizimni hayotga joriy etish amaliyotining zarurati ilmiy va huquqiy asoslandi. Fermerning ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda mahsulotlarni sota oluvchi, sanoat korxonalarining, xususan, yengil sanoatning xomashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi maqomda bo‘lishi belgilandi.
Tarixni yaratuvchi kuch xalqdir. Tarix xalq va uning faol, fidoyi vakillarining mehnati, sa’y-harakatlari, ularning shu yo‘lda bag‘ishlangan umri natijasida yaratiladi. Zero, Harakatlar strategiyasining nazariy asosi ham xalqqa, uning manfaatlariga borib taqaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N., va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O`qituvchi»-2001 yil, 445-462 betlar.
2.Gasanov M., Sokolov E. «O`zbekistonning mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari: savollar va javoblar». Toshkent: «O`qituvchi»-2001 yil, 10-13 betlar.
3.O`zbekiston Respublikasi entsiklopediyasi. Toshkent-1997 yil, 330-bet.
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston, 2009.
5. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-T.:Adolat, 2007.
6. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonuniga sharhlar, -T.: “Sharq”, 2000.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida” Qonuni. “Xalq so‘zi”, 2004. 11 fevral, №29.
8. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). - T.: “Mehnat”, 2009.
9. Arabov N.U. Mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanishi. 08.00.10.- “Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi. – T.: 2008.
10. Volgin N.A.Yekonomika truda: (sosialno-trudovыe otnosheniya)/ Pod red. N.L. Volgina, Yu.D.Odegova. M.: «YeKZAMEN», 2009.
11. Rыnok truda:Uchebnoe posobie/Pod.obsh.red.Abduraxmonova K.X., Odegova Yu.G. – T.: TFREA, 2009.
12. Smirnov S.N., Sidorina T.Yu. Sotsialnaya politika (uchebnik). - M.: Izdatelskiy dom “GUVShE”, 2004.
13. Xolmo‘minov Sh.R., Xomitov K. Malakali agrar mehnatbozorining shakllanishi. - T.: “Fan”, 2003.
14. G‘ulomov S.S. Axborot tizimlari va texnologiyalari. - T.: “Sharq”, 2000.
15.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 28-65 betlar.
16.Abdurahmonov Q. H., Holmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Toshkent: 2004yil, 17-32 betlar.
17.Bekmurodov M.B. va boshqalar «Sotsiologiya». Toshkent-2002 yil 142-148 betlar.
18.Dodboev Yu.T., Xudoyberdiev A. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Farg’ona-2001yil, 96-105, 111-128, 152-168, 187-198 betlar.
19.Karimova O., G’afforov Z. «Davlat va huquq asoslari» Toshkent: «O’qituvchi »-1995yil, 433-435 betlar.
20.Usmonov S.N., Dodboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari» Toshkent: «Fan» -1999 yil, 86 bet.
21.O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. Toshkent: «Adolat»-1996 yil, 80-84 betlar.
22.O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-huquqIy hujjatlar to’plami. Toshkent: «Adolat»- 2006 yil, 88-92 betlar.
Dostları ilə paylaş: |