BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH SHAROITIDA RAQOBATCHILIK MUHITINI SHAKLLANTIRISH MUOMMOLARI Mundarija: KIRISH O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosatining nazariy asoslari. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari
O’zbеkistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlar
O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosatining amaldagi holatining tahlili. Mamlakatni jadal isloh etish va modеrnizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari va asosiy yo’nalishlari
O’zbеkistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va ahamiyati
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o’zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
Bozor iqtisodiyoti haqida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev aytgan so’zlari:
“Dunyo hamjamiyatiga raqobatbardosh bo‘laman degan har bir davlat, albatta, ilm bilan hamnafas bo‘ladi, hamma ishini olimlar bilan qiladi. Bozor iqtisodiyoti shafqatsiz narsa. Bozorga raqobat bilan tayyor bo‘lmasak, hech qachon o‘zimizning o‘rnimizni hech qaysi sohada topa olmaymiz.
22 yillik tanaffusdan keyin yangi akademiklar tayinladik. Bu chorak asr degani. Chorak asr davomida akademiya rivojlanishiga e'tibor qilinmagani, mening fikrimcha, juda katta xato. Endi bu xatoni intensiv va progressiv yo‘l bilan to‘g‘irlamasak, an'anaviy yo‘l bilan yeta olmaymiz.
Maktabgacha ta'lim bilan maktabni rivojlantirish – bu bizning strategiyamiz bo‘ladi. Ilmni ham albatta rivojlantiramiz. Klaster tizimiga o‘tyapmiz, bu esa hamma sohani raqobatbardosh qiladi. Paxtada ham shu bo‘ladi. Paxtani kim ekadi? Klaster ekadi. Endi u klaster olimlar bilan ishlaydi. Sababi unga ko‘proq daromad qilish uchun nav kerak. Navni kim qiladi? Olim qiladi. Olimga pul berish kerak, ko‘proq sharoit yaratish lozim. Shunda nav bo‘ladi”