Bozor iqtisodiyotini organish


Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari



Yüklə 266,5 Kb.
səhifə2/10
tarix08.03.2023
ölçüsü266,5 Kb.
#87013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOZOR IQTISODIYОTINING MAZMUNI VA AMAL QILIShI.BOZOR IQTISODIYETINING O’ZBEKISTONDAGI XUSUSIYaTLARI

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo’jaligi subyektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.

Yüklə 266,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin