I. Aholining xarid qilish layoqati darajasi, ya`ni to`lovga layoqatliligi.
II.Hududiy va ijtimoiy demografik mezonlar (aholining soni, uning yosh tarkibi, jinsi, zichligi, tabiiy va iqlim sharoiti va h. k.).
Bozor infratuzilmasining turkumlanishi:
I. Ishlab chiqarish tipidagi muassasalar: ombor xo`jaligi,saqlash va uzatish moslamalari, transport hamda aloqa xizmati.
II.Ayriboshlash jarayoniga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar: tijorat do`konlari, savdo uylari, supermarketlar, savdo agentliklari,birjalar, auksionlar va boshqa savdo –sotiq muassasalari.
III.Moliya kredit munossabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar: kredit – bank muassasalari, sug`urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari.
IV. Ijtimoiy sohaga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar: uy –joy va kommunal xizmati idoralari, mehnat birjasi va agentliklari.
V. Axborot xizmati idoralari: auditorlik firmalari, huquqiy masla-hatnomalar, axborot agentliklari.
4. Bozor infratuzilmasi va uning usullari.
Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o`rnatish ularning bir maromda amal qilishini ta`minlashga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar.
Universal birjalar – har xil tovarlar bilan savdo –sotiq qiladi.
Ixtisoslashgan birjalarda – ayrim turdagi yoki bir guruhga kiruvchi tovarlar sotiladi.
Tovar birjasi– namuna yoki andozalar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo – sotiq ishlarini o`tkazuvchi tijorat muassasasi.
Broker (makler) lar – bu tovar, fond va valuta birjalarida oldi –sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firmalar.
Auksionlar – alohida xususiyatlarga ega bo`lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasi.
Auditorlik firmalari – korxonalarning moliyaviy – xojalik faoliyatini tekshirib va ular hisobotini ekspertizadan o`tkazib beruvchi mustaqil axborot xizmati muassasalaridir.
Savdo firmalari– tijorat ishini yurituvchi ulgurji va chakana savdo korxonalaridir. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o`z mulkiga sotib olib, keyin iste`molchilarga sotadi. Chakana savdo korxonalari mustaqil do`konlar, maxsus savdo shaxobchalari va supermarketlardan iborat bo`ladi.