Mezonlar
|
Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari
|
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti
|
Aralash iqtisodiyot
|
Korporativ iqtisodiyot
|
Davlat dasturlarining maqsadga yo’naltirilganligi
|
Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish
|
Tadbirkolikni rivojlantirish bo’yicha shart-sharoitlar yaratish
|
Yirik ishlab chiqarish manfaatlarini himoya qilish
|
Iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillari
|
Uzoq muddatli dasturlarning ishlab chiqilishi
|
Taktik usullardan ustun ravishda foydalanish
|
Asosiy ustuvorliklarni belgilab olish
|
Davlat sektorining iqtisodiyotga ulushi
|
30 %
|
10 %
|
Ahamiyatsiz darajada
|
Ko’rsatilgan mezonlarga muvofiq keluvchi davlatlar
|
Germaniya
|
AQSH
|
Yaponiya, Shvetsiya
|
Iqtisodiyotga ta‘sirining intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonoviy bozor iqtisodiyotining modellari bir-biridan farq qiladi.
3.Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Bozor iqtisodiyotining quyidagi afzalliklari mavjud:
1. Resurslarning taqsimlashni samaradorligi. Bozor iqtisodiyoti raqobatli bo’lgani sababli, resusrlarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiriladi. Ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalar qo’llaniladi.
2. Erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlikka imkoniyat yaratib beradi. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini yaratadi.
3. Harakatchanlik . Bozor iqtisodiyoti har bir shaxs, korxona, firma va korparatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’ladi.
CHunki, xo’jasizlik, sustkashlik, beg’amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni harakatga soladi.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari bilan birga uning ko’plab ijobiy jihatlari ham bor. Ya‘ni:
1. Ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko’nikishning yuqori darajasi;
2. Fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal surati;
3. Turli tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
4. Buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
5. Cheklangan axoborot - turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati ham mavjud: raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yish va uni rag’batlantirish.
Raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
Dostları ilə paylaş: |