Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amalqilishi



Yüklə 247,7 Kb.
tarix03.11.2022
ölçüsü247,7 Kb.
#67270
example1

BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMALQILISHI


Reja:
1) Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiybelgilari
2) Bozor infratuzilmasi va uningunsurlari
3) Bozor va uningvazifalari

Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiybelgilari

  • Bozor iqtisodiyoti bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.
  • Uy xo‘jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilarhisoblanadi. Tadbirkorlik sektori– bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va
  • xizmatlarni yetkazib beradi.
  • Davlatsektori– o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan, iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjettashkilotlari va muassasalarining majmui.

Bozor infratuzilmasi va uningunsurlari

  • Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond birjasi, valyuta birjasi, mehnat birjasi singari turlari keng tarqalgan.
  • Tovar birjasi – oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli.
  • Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
  • Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi- sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
  • Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasa.
  • Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar tuziladi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovarning egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas.

Bozor va uningvazifalari

  • Savdo uyi– o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi.

Bozorning turlari vatuzilishi

  • Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash (barter) usuliko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo‘lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozorning bunday turi amal qilishi mumkin.
  • Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo‘llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi.

иқтисодийресурслар
пул маблағлари
товар ва хизматлар
иқтисодий ресурслар
товар ва хизматлар
товар ва хизматлар
пул маблағлари
товар ва хизматлар
Уй хўжаликлари
Истеъмол товарлари бозори
Давлат
Ресурслар бозори
Фирма (корхона)
Yüklə 247,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin