1.Молия бозори статистикасининг предмети, методлари ва бозор иқтисодиёти шароитида вазифалари ҳақида нималарни биласиз? moliya — milliy iqtisodiyot va uning soha,
sektor, tarmoq, blok va boshqa agregatlari hamda ulaming birlamchi
va boshqa bo‘g‘inlarida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarni bajarish maqsadida pul mablag'lari jamg'armalarini vujudga keltirish,
ulardan samarali foydalanish jarayonini o‘z ichiga oladi.Moliya statistikasi tor va keng ma’noda
tushuniladi. Hozirgi paytgacha moliya statistikasi deganda ayrimlar
tor ma’noda Moliya vazirligiga qarashli organlarda bajariladigan statistik
ishlarni tushunishadi. Masalan, davlat budjet daromadlari va xarajatlarini tuzish bo'yicha to‘planadigan ma’lumotlar, uni tuzishda
bevosita qatnashish, eng asosiysi, davlat budjeti daromadlari va
xarajatlarining bajarilishi va dinamikasining statistik tahlili, budjet
defitsiti va kamomadi hamda ularga ta’sir qiluvchi omillami statistik
baholash va boshqa ishlar moliya statistikasi deyiladi.Moliya statistikasing predmeti deganda
esa shu operatsiya va bitimlarning samaradorligini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar hamda bitim qatnashchilarining foiz, norma, koeffitsiyent, chegirma va ustama diskont hamda dividend, renta va maija,
baho yoki kurs shakllarida hisoblanadigan daromad va xarajatlarini
hisoblash, shuningdek, tahlilini o‘rgatuvchi metodlar yig‘indisi tushuniladi. Boshqacha aytganda, moliya statistikasi qisqa va aniq
moliyaviy hisob-kitoblarni ta’minlaydigan metodlar yig‘indisidir.Statistika fani va faoliyatining yutuqlarini bayon qilishda 25-35 yil orqada
qolganligini e’tiborga olsak, statistikaning zamonaviy (noan’anaviy,
bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda keng qo'llaniladigan) metodlarini ko‘rsatib o‘tish zarurligi anglashiladi. Bu metodlar: senz tadqiqotlari (undan moliya statistikasida ham foydalansa bo'ladi),
biznes tadqiqotlari (juda keng tarqalgan metod), chalasini hisob-kitob qilish orqali hisoblash.