Молия бозори статистикаси фани якуний назорат саволлари


Олий молиявий, актуар ва тақрибий



Yüklə 92,09 Kb.
səhifə6/29
tarix03.12.2023
ölçüsü92,09 Kb.
#171819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Молия бозори ста жавоблари

7Олий молиявий, актуар ва тақрибий ҳисоблашлар методлари нима?
.Олий молиявий ҳисоблашлар:
кредит, суғурта, инвестициялар, пул муомаласи йиғма кўрсатқичларни умумлаштиришда, уларни даражасини, таркибини, динамикасини ва ўзоро боғлиқлигини, валюта ва қимматли қоғозлар бозори конъюктурасини ўрганишда, давлат молиясини турли кўрсаткичларни (давлат бюджети даромадлари ва харажатлари, республика ва худудий тариф, норма, рента, фоизлар, солиқ ставкалари) ҳисоблашда, ташкилот ва корхоналарни (бўйсуниши ва мулк шаклидан қатъий назар) молиявий натижалари ва барқарорлигини ўрганишда ва бошқаларда қўлланилади
Олий молиявий ҳисоблашлар методлари бундан ташқари:
молиявий операция ва битимларнинг у ёки бу омилга боғлиқлигини аниқлашда, молиявий ҳолатларнинг келажак моделларни тузишда, ўсган қиймат ҳажмини ҳисоблашда, молиявий кўрсаткичларни дисконтлашда, турли молиявий тўловларни ҳисоблашда, молиявий мажбуриятларни қоплаш режасини тузишда ва ҳ.к. қўлланади.
Динамика қаторларни таҳлил қилиш учун статистикада қуйидаги кўрсаткичлар қўлланилади:
1) Мутлақ қўшимча ўсиш;
2) Ўсиш суръати;
3) Қўшимча ўсиш суръати;
4) Қўшимча ўсиш 1 %ининг мутлақ қиймати.
Ушбу кўрсаткичларни ҳисоблаш динамика қаторлардаги даражаларни ўзаро таққосланишига асосланади
Таққосланадиган даража жорий даража, таққослаш даражаси эса базис даража деб юритилади.
Тақрибий молиявий ҳисоблаш методлари: Олинган кредит турли-туман йўллар билан қоплананиши мумкин. Масалан, бир йўлакай, тенг вақтларда тенг тўловлар билан, ҳар хил тўлов билан ва ҳ.к.

8.Фонд бозори ҳақида тушунча беринг.
Fond bozori, qimmatli qogʻozlar bozori — moliya bozorining kimmatli qogʻozlar emissiyasi va ularning oldisotdisi bilan shugʻullanadigan sohasi. Fond bozorining asosiy vazifasi: investitsiyalarni, yaʼni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablagʻlarini toʻplash hamda taqsimlash; qimmatli qogʻozlar paketlaridan foydalangan hodda mulk egaligini oʻzgartirish; qimmatli qogʻozlar oldisotdisi yoʻli bilan bozorni qayta taqsimlash; qimmatli qogʻozlar chiqarish yordamida davlat qarzini moliyalashtirish va boshqa
Fond bozori qatnashchilari kapital "isteʼmolchilari" (emitentlar) va uni "takdim etuvchilar" (investorlar)dir. "Isteʼmolchilar" davlat, mahalliy hokimiyat organlari, yirik milliy va xalqaro kompaniyalar hisoblanadi. Investorlar esa institutsional (qimmatli qogʻozlar bilan ish yurituvchi har xil moliyaviy kredit institutlari: tijorat va investitsiya banklari, sugʻurta jamiyatlari, pensiya fondlari va boshqalar) va yakka (xususiy shaxslar, shu jumladan, venchur biznesining uncha katta boʻlmagan korxona egalari) guruxlarga boʻlinadi
Fond bozori ishlari uning professional xodimlari: brokerlar (bitimda oʻz kapitali bilan qatnashuvchi vositachilar), boshqaruvchilar (ishonib topshirilgan qimmatli qogʻozlarni idora qiladigan shaxslar), kliringlar (oʻzaro majburiyatlarni aniqlash bilan shugullanuvchi tashkilotlar), depozitariylar (qimmatli qogʻozlarni saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatadi); reyestr yurituvchilar (qimmat qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish ishini bajaradi); savdo-sotiqni tashkil etuvchilar (qimmatli qogozlar bilan bitam tuzishga yordam berish xizmagini bajaradi); jobberlar (qimmatli qogʻozlar bozori konʼyunkturasi boʻyicha mutaxassislar) orqali amalga oshiriladi. Ular bilan birga qimmatli qogʻozlar bozoriga bank xizmatchilari, investitsiya fondlari xodimlari, shuningdek, moliyaviy bozor uchun zarur boʻlgan qonunchilik va nazoratni taʼminlovchi davlat xizmatchilari va yuristlar xizmat koʻrsatadi. Fond bozori infratuzilmasini fond birjasi, roʻyxat (reyestr)ga oluvchi muassasalar, depozitariylar tizimi tashkil etadi.




Yüklə 92,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin