O’zbekiston respublikasi mahalliy hokimiyat organlari. Reja



Yüklə 119,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix17.12.2022
ölçüsü119,59 Kb.
#75993
  1   2   3
Mahalliy davlat hokimiyati organlari^



O’zbekiston respublikasi mahalliy hokimiyat organlari. 
  
Reja: 
  
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi. 
2. Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyaviy vakolatlari. 
3. Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va ijroiya hokimiyat 
organlari o’rtasidagi munosabatlar va ularning huquqiy tartibga 
solinishi. 
4. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining tuzilish tartibi 
va vakolatlari 


Kirish. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o’zining 
davlat organlari va huquq tizimini qayta shakllantirishga kirishdi. 
Mustaqil O’zbekiston davlat organlarining vazifalarini chegaralash, 
ularning o’z vazifalarini mustaqil asosda bajarish va shu yo’l bilan o’z 
faoliyatini yaxshilash uchun choralar ko’rila boshladi. Bu ishlarni 
amalga oshirish uchun o’zbek milliy davlatchilik an`analariga murojat 
qilinib, mahalliy ijroiya hokimiyatining boshlig’i sifatida hokim 
lavozimini ta`sis etish maqsadga muvofiq deb topildi. 


Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi. 
«O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini 
qayta tashkil etish to’g’isida»gi 1992 yil 4 yanvardagi qonuni 
Respublikada mahalliy hokimiyat organlarining yangi tizimi vujudga 
kelishida alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu qonunda 
ko’rsatilishicha, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tkazish 
sharoitida ijroiya hokimiyatini mustahkamlash zarurligi munosabati 
bilan, O’zbekiston Respublikasining viloyatlari, tumanlari va 
shaharlarida vakillik hokimiyatiga hamda ijroiya – boshqaruv 
hokimiyatiga boshchilik qiladigan hokimlar lavozimini ta`sis etish 
lozim deb topildi. 
Viloyatlarning 
hokimlari 
Respublika 
Prezidentining 
joylardagi rasmiy vakillari bo’lib, tegishli viloyat Kengashlariga hisob 
beradilar. Ular O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tayinlanadilar va lavozimidan ozod etiladilar hamda xalq deputatlari 
tegishli viloyat kengashlari tomonidan tasdiqlanadilar; tumanlar va 
shaharlarining hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi 
va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi 
tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq 
deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
Tumanlarga bo’ysungan shaharlarning hokimlarini tuman 
hokimi tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi hamda xalq deputatlari 
tuman kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobida 
O’zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari 
faoliyatining Konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlangan. Unda 
mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi; tuzilish tartibi; 
ularning vakolatlari; faoliyatining shakllari; o’zini – o’zi boshqarish 
organlari va qabul iladigan huquqiy hujjatlari to’g’risidagi 
Konstitutsiyaviy normalar ko’rsatilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga 
binoan, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan 


shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan 
tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari 
bo’lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z 
vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar. Demak, mahalliy davlat 
hokimiyatining vakilligi tashkil etiladi. Tumanlarga bo’ysunadigan 
shaharlarda va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda esa davlat 
hokimiyati vakillik organlari tashkil etilmaydi. Bu joylarda faqat ijroiya 
hokimiyati organlari – hokimlar bo’lishi nazarda tutiladi. 
Mahalliy vakillik organlari ham ijroiya hokimiyat boshlig’i – 
hokim rahbarlik kiladi. «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonun 
qabul qilinib, mahalliy hokimiyat organlari to’g’risdagi Konstitutsiyaviy 
normalarni aniqlashtirdi va ularni hayotda qo’llash uchun aniq 
huquqiy normalar bilan mustahkamladi. «Mahalliy davlat hokimiyati 
to’g’risida»gi qonunning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, u hamma 
pogonadagi mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini yagona 
qonun asosida huquqiy jihatdan tartibga soldi. 
Bundan tashqari, ushbu qonun mahalliy vakillik va ijroiya 
hokimiyatlari organlarining yangi tizimini mustahkamladi. 
Sho’rolar davrida O’zbekistonda barcha ma`muriy-hududiy 
bo’laklarda davlat vakillik organlari tashkil etilar edi. Qishloqlar, ovullar 
va posyolkalarda, tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda vakillik 
hokimiyati organlari tashkil etilar, natijada vakillik hokimiyati organlari 
tizimi ko’p sonli organlardan iborat bo’lar edi. Kengashlar ish tajribasi 
shuni ko’rsatdiki, ma`muriy-hududiy bo’laklardagi vakillik organlari 
nomigagina tuzilar va yuqori pog’onadagi vakillik organlarining 
faoliyatini takrorlardi, xolos. Quyi pog’onada mustaqil hal qilinadigan 
ishlar deyarli yo’q edi. Ularni saylash esa ortiqcha tashvish va 
xarajatlarni keltirib chiqarar, kishilarni asosiy ishlardan chalg’itar edi. 
Qonun shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda ham vakillik 
organlari tuzishni nazarda tutmaydi. U joylarda bozor iqtisodiyotiga 
o’tish jarayonini tezlashtirish, ijroiya hokimiyatini kuchaytirish 
maqsadida hokimlar tayinlanadi va ular yuqori turuvchi hokimning 
shu hududdagi vakillari hisoblanadilar. 
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi davlat hokimiyatining 
vakillik organi hisoblanadi. U viloyat, tuman va shaharlarda tashkil 
etiladi. Viloyat, tuman va shaharlarda shu hududlarning oliy 


mansabdor shaxsi – hokim vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. 
Hokimlarning vakillik organlariga rahbarligi vakillik organlarining ishini 
tashkil qilishga qaratilgandir. 
Viloyat hokimi, Toshkent shahri hokimi O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida 
hisobdordirlar. Tuman va shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va 
tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. 
Toshkent shahridagi tumanlarda vakillik organlari bo’lganligi 
tufayli Toshkent shahridagi tuman hokimlarini bevosita Toshkent 
shahar hokimi tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, ular Toshkent 
shahar Xalq deputatlari kengashida tasdikqanadi. O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 12-bandiga ko’ra, 
Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki sha`ni va qadr-qimmatiga 
dog’ tushiradigan hatti-harakat sodir etgan tuman va shahar 
hokimlarini Prezident o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga xaqli. 
Tuman markazlari hisoblangan shaharlarda, viloyat hokimi 
shahar hokimini tuman hokimiga bo’ysundirish va yagona boshqaruv 
organi tuzish vakolatiga ega. Qonunda bunday holatni ko’rsatishdan 
maqsad, hokimlik tizimini mustahkamlash va uning ishini samarali 
tashkil 
qilish, 
boshqaruv 
apparatini 
ixchamlashtirish 
va 
arzonlashtirishdir. 
Xalq 
deputatlari 
barcha 
pog’onasidagi 
Kengashlarining va hokimning vakolat muddati besh yil. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasiga 
muvofiq, mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi: 
- qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning 
xavfsizligini ta`minlash; 
- hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; 
- mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, 
mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari 
jamg’armalarni hosil qilish; 
- mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish; 
- atrof muhitni muhofaza qilish; 
- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta`minlash; 
- normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston 
Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa 
vakolatlarni amalga oishirish. 


Bu vazifalar mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati 
organlarining birgalikda amalga oshiradigan vazifalari bo’lib, ularning 
vakolatlari shu vazifalardan kelib chiqadi. 
Mahalliy hokimiyat organlari tegishli hududda qonuniylik, 
huquqiy tartibot va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashda turli 
organlarni shu maqsad sari yo’naltiruvchi, ularning faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi rolni o’ynaydi. Ular mazkur hududda qonuniylikni 
va huquqiy tartibotni mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini 
ta`minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurash choralarining 
umumiy yo’llarini, tadbirlarini ishlab chiqadi va shu tadbirlarning 
bajarilishini nazorat qiladi. 
Mahalliy hokimiyat organlari o’z hududida hududni iqtisodiy-
ijtimoiy va madaniy rivojlantirishga rahbarlik kiladi. Mahalliy 
Kengashlar hududni rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan 
dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini 
tasdiqlaydi. Mahalliy Kengashlar va hokimlar O’zbekiston Respublikasi 
mulki bo’lgan davlat mulki ob’yektlariga nisbatan ishlab chiqarish va 
ijtimoiy ob’yektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat 
resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, 
aholini ijtimoiy himoya qilish kabi sohalarda nazoratni amalga 
oshiradilar. Bundan tashqari, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar 
Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o’ziga berilgan yoki 
qonunlarga muvofik o’zi sotib olgan ob’yektlarga nisbatan mulkdor 
vakolatlarini to’liq amalga oshiradi. 
Vakillik organlari, hokimlar o’z mulklarini qonunga zid bo’lmagan 
tartibda vaqtincha foydalanish yoki doimiy egalik qilish uchun boshqa 
shaxslarga berish huquqiga ega. Mahalliy organlar bu huquqdan o’z 
hududida ishlab chiqarishni rivojlantirish, aholining turmush 
farovonligini oshirish maqsadida foydalanadilar. 
Viloyat, shahar hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 
dehqon xo’jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun 
ijaraga yer berishga, bu sub’yektlarning yerga egalik qilish va yerdan 
foydalanish huquqini to’xtatib qo’yishga, shuningdek yerlarni olib 
qo’yishga haqli bo’lib, uning bu xususda qabul qilgan qarorlari tegishli 
xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 


Mahalliy hokimiyat organlari o’z hududida sanoat, qurilish, aloqa 
vositalari, qishloq xo’jaligi aholiga xizmat ko’rsatish sohalari, ijtimoiy va 
madaniy sohalarga raxbarlikni amalga oshiradilar. Ushbu 
organlarning rahbarlarini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish, 
shu organlarning faoliyatini nazorat qilish, ularning hisobotlarini 
eshitish mahalliy hokimiyat organlarining vakolatiga kiradi. 
Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetni shakllantirish 
va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan 
tashqari jamg’armalarni hosil qilish vazifasi hududning iqtisodiy 
rivojlanishida, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashda, davlat 
organlarini saqlab turishda zarur moddiy bazani vujudga keltirishga 
qaratilgan. 
Mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish mahalliy hokimiyat 
organlari faoliyatining muhim qismidir. Mahalliy davlat hokimiyati 
to’g’risidagi qonunda, hokimlar aholiga kommunal xizmat ko’rsatish 
sohasida qonun hujjatlarida o’z vakolatiga berilgan masalalarni hal 
qilishi ta’kidlangan. Hokimlar o’z hududida kommunal xo’jalik 
tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga rahbarlik qiladi. 
Kommunal xo’jalik tarmoqlari, hokimliklarning tarkibiy bo’linmalari 
orqali boshqariladi. Ularning boshliqlari hokim tomonidan lavozimga 
tayinlanadi va ozod qilinadi. Bu masala mahalliy kengash sessiyasida 
tasdiqlanadi. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etuvchi organlarning faoliyatiga umumiy 
rahbarlik qiladi. 
Hokimlarning asosiy vazifasi Konstitutsiya, qonunlar, Oliy 
Majlisning boshqa hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining 
hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari 
Kengashlarining qarorlari ijrosini tashkil etishdir. 
Bundan tashqari hokimlar jamoat tartibiga rioya etilishi va 
jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash, 
ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza qilish 
chora-tadbirlarini ko’radilar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa 
favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadilar, agar quyi turuvchi 
hokimlarning qarorlari Konstitutsiya, qonunlar va boshqa yuqori 
tashkilotlar qarorlariga zid bo’lsa, ularni bekor qiladilar; rahbarlari 


tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga 
tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati 
bo’linmalarining ishini nazorat qiladilar; xalq deputatlari Kengashi va 
hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarganliklari uchun 
mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida 
taqdimnoma kiritadilar; davlat mukofotlari bilan taqdimlashga doir 
iltimosnomalarni qarab chiqadilar va ular yuzasidan takliflar 
kiritadilar, respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning 
rasmiy vakili sifatida ish ko’radilar; aholini qabul qilishni tashkil 
etadilar, fuqarolarning taklif va shikoyatlarini ko’rib chiqadilar va o’z 
vakolatiga berilgan boshqa masalalarni hal etadilar. 
Mahalliy hokimiyat organlari o’z vakolatlari doirasida normativ 
hujjatlar qabul qiladilar, ular qaror va farmoyishlar shaklida bo’lishi 
mumkin. Ular qabul qilgan qarorlarning ushbu hududda bajarilishi 
shartdir. 
Hokimlar vakillik organlari oldida vaqti-vaqti bilan hisob berib 
turadi. Shuningdek, hokim o’z o’rinbosarlari va ijroiya hokimiyat 
tarkibiy bo’linmalarining rahbarlarini lavozimiga tayinlash va 
lavozimdan ozod etish to’g’risidagi qarorlarini xalq deputatlari 
Kengashi tasdig’iga taqdim etadi. Hokimlik devoni bo’linmalari 
rahbarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. 
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining qarorlari 
Konstitutsiya va qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid bo’lmaslgi kerak. Aks xolda 
ular O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi. 
Hokimlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, 
Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar 
Maxkamasining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, davlat 
manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti yoki Vazirlar Maxkamasi tomonidan to’xtatiladi va bekor 
qilinadi. Bundan tashqari, hokim qabul qilgan normativ hujjatlar 
ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin. 
O’zbekiston Respublikasida hokimliklar faoliyatini tashkil 
qilishdagi muhim yo’nalishlardan biri aholini qabul qilish, ularning 
istak –xohishlarini o’rganish, omma bilan bevosita muloqotda 


bo’lishdir. Hokim, hokimning birinchi o’rinbosari, o’rinbosarlari, 
bo’limlar, boshqarmalar va bosh boshqarma rahbarlari, hokim 
kotibiyati boshlig’i aholini qabul qiladilar.
Fuqarolarga qulay bo’lishi uchun qabulni ma`muriy markazda 
o’tkazmasdan, qishloq, tuman, shahar, viloyatlarda aholi yashash 
joylarida ham o’tkaziladi. Rahbarlar reja bo’yicha oyiga bir-ikki marta 
joylarga chiqadilar, shaharlardagi yirik korxona, tashkilotlarda ham 
aholi qabul qilinadi. Ba`zi bir hokimliklarda yagona qabul qilish kuni 
belgilangan, bunday kunlarda boshqa hech qanday ommaviy tashkiliy 
tadbirlar o’tkazilmaydi. 
«Fuqarolarning murojatlari to’g’risida»gi qonunga binoan, 
hokimlar ariza va xatlar bo’yicha qilingan ishlarning hisobini olib 
boradi va hokimlarning vazifasiga ularni to’g’ri va o’z vaqtida ko’rib 
chiqilishini nazorat qilish yuklatilgan. 
Davlat hokimiyatining vakillik organlari faoliyatini huquqiy 
tartibga solishda Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan «Ish 
tartiblari» muhim axamiyatga ega. Ularga asosan xalq deputatlari 
Kengashi sessiyalarini chaqirish va o’tkazish, unda kadrlar qabul qilish 
va sessiyaga hal qilish uchun berilgan boshqa hujjatlarni ishlab 
chiqishda ko’pchilik fikriga asoslanganligi uning tatbiq etilishini 
kafolatlaydi. Xalq deputatlari Kengashlari fuqarolarning huquqlari va 
qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta`minlashga, 
atrof-muhitni muxofaza qilishga doir o’z vakolatlariga berilgan 
masalalarni, O’zbekiston Respublikasining Qonunlariga muvofiq 
nazorat qilishga doir boshqa masalalarni hal etadi. 
O’zbekiston Respublikasidagi mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining ish tajribasida xokimiliklar qaror loyihasiga tayyorgarlik 
ishlarini oldindan rejalashtiradilar; o’tkaziladigan tadbirlar loyihasini, 
ularni ijro etuvchi shaxslarni belgilaydilar, tegishli hisobotlarni 
berish vaqtlarini tayinlaydilar. 
Qaror loyihasi doimiy komissiyalar tomonidan ham tayyorlanishi 
mumkin, ularda sessiya kun tartibiga masala doimiy komissiyalar 
tomonidan kiritilgan bo’lsa, yoki shu masala bo’yicha ma’ruza doimiy 
komissiyalar tomonidan tuzilayotgan bo’lsa, qaror loyihasi doimiy 
komissiyalar tomonidan tuziladi. Hokimiyatlar shtatidagi yurist 
maslahatchi loyiha haqida xulosa beradi. 


Sessiyalarda deputatlarning faolligini oshirishga qaror loyihalari 
bilan oldindan tanishib chiqish yordam beradi. Hokimiyat apparati 
deputatlarni qaror loyihalari bilan oldindan tanishtiradi. Bu 
deputatlarga loyihani yaxshilab o’ylab chiqishga, saylovchilar bilan 
maslahatlashib olishga imkoniyat yaratadi. Deputatlarga sessiyani 
chaqirish vaqti va joyi haqidagi xabarlar bilan birga, ularga qaror 
loyihasini ham yuborish maqsadga muvofiq, ayrim hollarda loyihaga 
ba`zi bir boshqa materiallar bilan maruza tezisi ham qo’shib 
yuboriladi. Hokimiyatning sessiya chaqirish to’g’risidagi qarorida 
sessiya chaqirish vaqti va joyi, sessiya ko’rib chiqadigan masalalar va 
ma`ruzachilar ko’rsatiladi. Hokim Kengash majlislariga rahbarlik 
qiladi. Kengash «Ish tartibi»ga rioya qilishni kuzatadi, hokim ma’ruza, 
qo’shimcha 
ma’ruza, 
munozaralarda 
chiqish 
uchun, 
ma`lumotnomalar uchun, so’rov kiritish va unga javob berish uchun 
so’z beradi, yozma ravishda tushgan so’rovlarni e`lon qiladi, 
majlichslarda tanaffus va majlisning yopilganligini e`lon qiladi. Kun 
tartibi majlisda ishtirok etgan deputatlarning oddiy ko’pchilik ovozi 
bilan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari Kengashlarining «Ish tartibi»ga 
muvofiq, ma’ruzalar uchun 30 minutdan 40-50 minutgacha, 
qo’shimcha ma’ruzalar uchun 20-30 minut, munozaralarda chiqish, 
yakunlovchi so’z uchun 10-15 minut, ma`lumotlar, qayta chiqishlar 
uchun 5 minutgacha vaqt ajratiladi. 
Mahalliy Kengashlarning o’z hududlari doirasida qabul qilgan 
qarorlari hokimiyat organining akti bo’lib, ijrosi majburiydir. Qarorlarni 
Kengash ochiq ko’pchilik ovoz berish yo’li bilan qabul qiladi. Qaror 
hokim va kotib tomonidan imzolanadi. Kengash majlislari borishini 
o’zida ifodalovchi asosiy hujjat sessiya bayonnomasidir. Unda 
sessiyaning o’tkazilgan vaqti, ishtirok etgan deputatlar va taklif etilgan 
shaxslarning soni, kun tartibi, ma’ruzachilar va qo’shimcha 
ma’ruzachilar, munozaralarda so’zga chiqqan shaxslar, ularning 
nutqlarining qisqacha mazmuni ko’rsatiladi. Sessiyada qabul qilingan 
Kengashning har qanday qarori bayonnomada o’z ifodasini topishi 
shart. Bayonnoma hokim va sessiya kotibi tomonidan imzolanadi. 
Bayonnomaning bir nusxasi yuqori turuvchi hokimiyatga beriladi. 
Xalq deputatlari Kengashi va Hokimning topshirig’iga binoan yoki 
o’z tashabbusi bilan vazifalari doirasidagi masalalar bo’yicha qaror 


loyihalarini ishlab chiqishda, mahalliy davlat hokimiyatini amalga 
oshirishda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tegishli 
hududda amal qilishni ta`minlash maqsadida, xalq deputatlari 
Kengashi xuzurida doimiy komissiyalar faoliyat yuritadi. Bunday 
doimiy komissyalar mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy 
shakllardan biridir. Ularning faoliyati orqali Kengashning ishida 
doimiylik vujudga keladi. Bu doimiy komissiyani deputatlarning 
Kengash ishiga doimiy va faol jalb qilish vositasidir. Doimiy 
komissiyalarning soni tegishli Kengashlar tomonidan belgilanib, uning 
sohalaridan kelib chiqadi. Doimiy va muvaqqat komissiyalarning 
vazifasi-sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki 
tarzda qarab chiqish va tayyorlash, kengash qarorlarini va O’zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlarini ro’yobga chiqarish uchun 
ko’maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o’rnatishdir. Komissiyalar 
to’g’risidagi nizom tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Viloyat, tuman va shahar Kengashlarida tashkil etilgan doimiy 
komissiyalar o’zlariga tegishli hududda korxona, tashkilot, 
muassasalarda qonun talablari qanday bajarilayotganligi to’g’risida 
o’tkazadigan tekshirishlarda hamkorlik qiladilar va o’z ish rejalarini 
muvofiqlashtiradilar hamda o’z faoliyatlari va ish tajribalari bilan fikr 
almashib turadilar. 
1993 yil 2 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
o’n ikkinchi chaqiriq uchinchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasida 
fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonun 
qabul qilindi. Bu qonun shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, 
ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda 
tuziladigan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining 
tuzilishini va ularning huquqiy holatini belgilab berdi. 
Qonunga asosan, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, 
ularning tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda 
fuqarolar yig’ini o’zini-o’zi boshqarish organlari hisoblanadi. Bu 
organlar o’z majlislarida rais (oqsoqol)ni va uning maslahatchilarini 
ikki yarim yil muddatga saylaydilar. 
O’zini-o’zi boshqarish organlarning asosiy maqsadi jamiyat va 
davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarga ko’maklashish, o’z 


hududlardagi ijtimoiy va xo’jalik vazifalarni hal etish, ommaviy-
madaniy tadbirlarni o’tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlariga O’zbekiston qonunlarini, respublika Prezidentining 
farmonlarini, O’zbekiston hukumatining, xalq deputatlari Kengashlari 
va hokimlarining qarorlarini bajarishda yordamlashish uchun 
fuqarolarni birlashtirdilar.
O’zbekiston Respublikasida hayotga tadbiq etilgan o’zini-o’zi 
boshqarish 
tizimi, 
birinchidan, 
O’zbekistonning 
bozor 
munosabatlariga o’tish talablarini hisobga olib amalga oshirilgan 
bo’lsa, ikkinchidan, u shu sohada dunyoda qabul qilingan tizimlarga 
ham mos keladi. 
O’zbekiston sharoitida mahalla o’z tarixiy ildizlariga ega. U O’rta 
Osiyoda shaharlar doirasidagi ma`muriy-hududiy birlik bo’lgan va 
bizga o’tmishdan meros bo’lib qolgan. Qonunga asosan, o’zini-o’zi 
boshqarish organlari hududiy prinsip bo’yicha tuziladi. Bu organlarni, 
ular ish olib boradigan hudud fuqarolarining taklifiga ko’ra, tuman, 
shahar hokimi belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq 
deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
Yig’inlar ishda 18 yoshga etgan va mazkur hududda doimiy 
yashovchi fuqarolar qatnashadi. Fuqarolar yig’inini rais (oqsoqol) 
tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishgan holda 
zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig’ini, shuningdek, xalq 
deputatlari Kengashi, hokim tomonidan yoki o’n sakkiz yoshga yetgan 
va shu hududda yashayotgan fuqarolar uchdan bir qismining 
tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Yig’in chaqirishning iloji 
bo’lmagan taqdirda fuqarolar vakillarining yig’ilishi o’tkaziladi. 
Fuqarolar yig’inlarida qatnashish huquqiga ega bo’lgan barcha 
aholining yarmidan ko’prog’i kelgan taqdirda, yig’inlar vakolatli 
hisoblnadi, vakillar yig’ilishlari esa ularga deputatlarning kamida 
uchdan ikki qismi kelgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. 
Yig’lishni rais yoki uning maslahatchilaridan biri boshqaradi. 
Barcha masalalar bo’yicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali va oddiy 
ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Yig’in bayonnomasi va qarorlarini 
rais, uning yo’qligida esa, maslahatchilaridan biri imzolab, tegishli 
tuman, shahar hokimiga yuboradi. 


Rais va uning maslahatchilarini fuqarolar yig’ini tegishli tuman, 
shahar hokimi bilan kelishgan holda saylaydi. 
Maslahatchilarning 
miqdorini 
yig’in 
belgilaydi. 
Yig’inga 
maslahatchilarninng nomzodlarini rais tavsiya etadi. Rais va 
maslahatchilar, ularga yig’inda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan 
ko’prog’i ovoz bersa, saylangan hisoblanadilar. 
O’zini-o’zi boshqarish organlari o’z mulklariga va moliyaviy 
manbalariga ega. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari 
tomonidan qurilgan, olingan yoki ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-
maishiy va boshqa maqsaddagi ob’yektlar, shuningdek, transport 
vositalari, xo’jalik anjomlari hamda boshqa ko’chadigan va ko’chmas 
mulk ularning mulki hisoblanadi. 
Fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlarining moliyaviy 
ressurslari ularning o’z mablag’lardan, xalq deputatlari tuman va 
shahar kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratilgan byudjet 
mablag’laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ijtimoiy mablag’lari, 
shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
mablag’lardan tashkil topishi mumkin. 

Yüklə 119,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin