O’zbekiston respublikasi mahalliy hokimiyat organlari. Reja


Fuqarolar yig’ini vakolat doirasida quyidagi ishlarni amalga



Yüklə 119,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix17.12.2022
ölçüsü119,59 Kb.
#75993
1   2   3
Mahalliy davlat hokimiyati organlari^

Fuqarolar yig’ini vakolat doirasida quyidagi ishlarni amalga 
oshiradilar: 
1. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqol)ni va uning maslahatchilarini, 
fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha 
komissiyalarning raislarini va a`zolarini saylaydi, ular 
to’g’risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi; 
2. Fuqarolar yig’inining taftish komissiyasini hamda qonun 
xujjatlarida ko’zda tutilgan hollarda ma`muriy komissiyani 
saylaydi, ular to’g’risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi; 
3. Belgilangan tartibda rais (oqsoqol)ning maslahatchilari va 
fuqarolar yig’ini Kengashi devonining tarkibini belgilaydi, rais 
(oqsoqol)ning taqdimnomasiga ko’ra, yig’inning mas`ul 
kotibini saylaydi; 
4. Kengash taftish komissiyasi va ma`muriy komissiya 
faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, yilning har 
choragida ularning hisobotlarini eshitadi; 
5. Fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlarining faoliyat 
dasturini va xarajatlar smetasini ,hududni yalpi rivojlantirishni 


ta`minlash, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning 
sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejasini 
tasdiqlaydi; 
6. Qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek, o’z 
qarorlarining ijro etilishi bo’yicha jamoatchilik nazoratini 
o’rnatadi; 
7. Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga 
nomzod ko’rsatish to’g’risida qaror qabul qiladi; 
8. Atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish 
masalalari yuzasidan o’z vakolati doirasida tegishli hududda 
joylashgan 
korxonalar, 
muassasalar, 
tashkilotlar 
rahbarlarining hisobotlarini eshitadi; 
9. Guzarlar barpo etishga doir masalalarni ko’rib chiqadi va 
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Fuqarolar yig’inining qarorlarini bajarish va fuqarolarning o’zini-
o’zi boshqarish organlarining fuqarolar yig’inlari oraliq davridagi joriy 
faoliyatni amalga oshirish uchun fuqarolar yig’inining raisi (oqsoqoli), 
uning maslahatchilari fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari 
bo’yicha komissiyalarning raislari va yig’inning mas`ul kotibidan iborat 
tarkibda fuqarolar yig’inining kengashi tuziladi. 
Fuqarolar yig’inining kengashi quyidagi vakolatlarga ega: 
1. Fuqarolar yig’inini chaqiradi; 
2. fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha 
komissiya ishini muvofiqlashtiradi, Xayriya tashkilotlari va 
boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirlar belgilaydi; 
3. ommaviy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy, madaniy, sifatga oid va 
boshqa tadbirlarni o’tkazishda mahalliy davlat hokimiyati 
organlariga ko’maklashadi; 
4. ro’yxatdan o’tmagan diniy tashkilotlar faoliyatining oldini 
olish, fuqarolarning dniy e`tiqod erkinligi huquqlariga rioya 
qilishini ta`minlash; diniy qarashlarni majburan singdirishga 
yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlarini ko’radi, vijdon erkinligini va 
diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun xujjatlarga rioya etilishi 
bilan bog’liq boshqa masalalarni ko’rib chiqadi; 


5. ikki yoshga to’lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga 
nafaqalarni shu maqsadda ajratilgan davlat byudjeti 
mablag’laridan belgilangan tartibda tayinlaydi va to’laydi; 
6. tegishli hududda jamoat tartibini ta`minlashda, shu 
jumladan, fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishini 
tashkil 
etishda, 
o’smirlar 
va 
yoshlar 
o’rtasida 
huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlarning 
huquqlarini himoya qilishda huquqni himoya qiluvchi 
organlarga ko’maklashadi; 
7. aholi punktlari, suv ta`minoti manbalari, turar joylar, 
maktablar va boshqa ta`lim muassasalarining sanitariya va 
ekologiya holati ustidan nazoratning amalga oshirilishiga 
ko’maklashadi; 
8. jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni 
ijtimoiy mehnatga tiklash va jinoyatchilikning oldini olishga doir 
tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda 
qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa vakolatlarni ham amalga 
oshiradi. 

Yüklə 119,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin