Молия бозори статистикаси фани якуний назорат саволлари


Давлат бюджетининг моҳияти, аҳамияти ва статистиканинг вазифалари нималардан иборат?



Yüklə 92,09 Kb.
səhifə14/29
tarix03.12.2023
ölçüsü92,09 Kb.
#171819
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Молия бозори ста жавоблари

17.Давлат бюджетининг моҳияти, аҳамияти ва статистиканинг вазифалари нималардан иборат? Davlat budjetining mohiyati , ahamiyati va statistik jihatdan o'rganilishi.
Mamlakatning moliya tizimida davlat budjetining o‘mi va aha-
miyati katta. Moliyachi iqtisodchilarning hisob-kitoblarga qaragan-
da, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat budjeti
moliya resurslajri tarkibida 40%, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslan-
gan iqtisodiyotdagi mamlakatlarda 70% ni tashkil etadi.
Davlat budjeti dinamikasini o'rganish statistikaning muhim vazi-
falaridan biridir. Budjet daromadlari va xarajatlari dinamikasini
o'rganishda dinamikaning nisbiy miqdoridan va dinamika qatorining
analitik va o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin.
‘zbekiston jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tobora integratsi-
yalashib borayotgan bugungi kunda davlat budjeti statistikasining
asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
—Respublika amaliyotida qo'llaniladigan budjet tasnifmi xalqa-
ro standartlarga moslashtirish;
—Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari hajmi hamda dinami-
kasini aniqlash;
—Davlat budjeti daromadlarining manbalari va xarajatlarining
yo'nalishlarini o‘rganish;
—Boshqarishning barcha darajalarida davlat budjetining bajaril-
ishi tahlili;
—Budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarining tahlili;
—Davlatning ichki qarzi hajmini, uning tarkibi va dinamikasini
aniqlash;
—Budjet muassasalari soni, shtati va kontingentini o'rganish;
-Fiskal siyosatni o'tkazish samaradorligini va uning iqtisodiy
o‘sishga hamda aholining turmush darajasiga ta’sirini o'rganish.

18.Бюджет дисбалансини баҳолаш нима?
Budjet disbalansi.
Mamlakat boyligining taqsimlanishi, ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar
xarajati, soliqqa tortish va davlat xarajatlari, qarz olish jarayonidagi siyosat,
makroiqtisodiyotdagi disbalanslar byudjet daromadlari, xarajatlari va kamomadiga
uzviy bog‗liq. SHu jihatdan ham uning rivojlanishiga statistik ko‗rsatkichlar orqali
miqdoriy baho berish milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy barqarorlikni
ta‘minlashning muhim omili hisoblanadi.
Davlat moliya statistikasi tizimi davlat boshqaruv organlarining barcha
operatsiyalarini milliy va jahon iqtisodiyoti barcha sektorlari bilan bo‗lgan
sohalarini qamrab oladi.
Bu tiziminiig asosiy prinsiilari o‗z ichiga quyidagi tushunchalarni oladi10
:
- daromadlar,kirimlar, to‗lovlar va xarajatlar. Birinchidan, barcha
daromadlar –kirimlar, lekinhamma kirimlar daromad bo‗la olmaydi. Majburiyatni
qoplash bilan bog‗liq bo‗lmagan kirimlarning barchasi daromaddir. Davlatga kredit
shaklida to‗langan kirimlar daromad emas, chunki ular qaytarilishi kerak.
- hamma to‗lovlar ham xarajat bo‗lmaydi (masalan, kreditni qaytarib berish
bu xarajat emas, lekin foiz to‗lovi xarajatdir);
- yalpi va sof summa. Daromadlar va xarajatlar odatda uning yalpi miqdori
(summasi) bilan ko‗rsatiladi;
- ikki tomonlama va bir tomonlama operatsiyalar natijasida pul tovar yoki
xizmat evaziga to‗lanadi. Bir tomonlama operatsiyalarda esa to‗lov qandaydir
tovar yoki xizmatga ega bo‗lish bilan belgilanmaydi (masalan, transfert yoki
grant).
- soliq yoki nosoliq bo‗lmagan tushumlar; daromadlar (grantlardan tashqari)
barcha qaytmaydigan tushumlarni o‗z ichiga oladi.


Yüklə 92,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin