27.Молия статистикаси кўрсаткичлари тизимини ёритиб беринг. Moliya statistikasi ko'rsatkichlarini hisoblash metodologiyasi yoki
ularning tuzilishi sxemasi hozirgi zamon moliya statistikasi fanining
niuhim tashkiliy asoslaridan biridir. Chunki metodologikjihatdan to‘g‘ri
aniqlangan ko‘rsatkichlar yoki guruh ko‘rsatkichlari asosida u yoki
bu moliyaviy holat konstruksiyasini tuzish mumkin va shu moliyaviy
modellaming makonda va zamonda o'zgarishini oldindan aytib berish
imkoni tug‘iladi. Moliyaviy hisob-kitoblar eng umumiy ko'rinishda
XVF va boshqa xalqaro tashkilotlar moliyaviy ko‘rsatkichlar standartlari asosida olib boriladi. 0 ‘zbekistonda hozirgi kunda bu tasnifning asosiy bo'limlari sifatida quyidagi guruhlar ajratiladi:
1. Moliya statistikasining yig‘ma ko‘rsatkichlari:
— yig'ma moliyaviy balans ko‘rsatkichlari;
— to‘lov balans ko‘rsatkichlari;
— milliy hisoblar tizimining moliyaviy ko‘rsatkichlari;
— 0 ‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning taqqoslama
ko'rsatkichlari;
xalqaro moliya statistikasi ko‘rsatkichlari.
2. Davlat moliyasi ko‘rsatkichlari:
— davlat budjeti daromadlari va xarajatlan ko‘rsatkichlari;
— davlat budjet defitsiti ko‘rsatkichlari;
— davlat qarzi ko'rsatkichlari;
— davlat solig‘i, boji, tariflari va baho ko‘rsatkichlari;
— pensiya jamg‘armasi, tibbiy sug'urta jamg'armasi, ijtimoiy
sug'urta jamg'armasi, aholini ish bilan bandlik jamg‘armasi, yo‘l
jamg‘armasi, respublika kasaba uyushmalar kengashi jamg‘armasi va
boshqa budjet jamg‘armalarining tushumi va mablag‘larining ishlatilishi ko'rsatkichlari.
3. Pul muomalasi ko'rsatkichlari:
— pul oqimlari ko'rsatkichlari;
— pul massasi (agregatlari) ko'rsatkichlari;
— pul emissiyasi ko‘rsatkichlari;
— pul massasining hududlararo migratsiyasi ko‘rsatkichlari;
4. Kredit operatsiyasi ko‘rsatkichlari:
— kredit resurslari va qo‘yilmalar ko'rsatkichlari;
— bank kredit ko'rsatkichlari;
— jismoniy shaxs krediti ko‘rsatkichlari;
— kimoshdi bo‘yicha joylashtirilgan kredit resurslari ko‘rsatkichlari;
CVzbekiston MB qayta moliyalashtirish stavkasi va boshqa
stavkalar.
5. Investitsiya operatsiyalari va bitimlar ko‘rsatkichlari:
— investitsiyaning kapital to'plovchi ko‘rsatkichlari;
— qurishga qo‘yilgan, shu jumladan uy-joy va ijtimoiy-madaniy
qurilishga qo'yilmalar ko'rsatkichlari;
— chet davlatlardan kiritilgan investitsiyalar ko‘rsatkichlari;
— moliyaviy investitsiyalar ko'rsatkichlari.
6. Moliyaviy bozorlar faoliyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar:
— birja fondi bozordagi operatsiyalar ko‘rsatkichlari;
— qisqa muddatli davlat obligatsiyasi birlamchi bozori
ko‘rsatkichlari;
— davlat qimmatli qog‘ozlarining kimoshdi daromadliligi foiz
stavkalari;
— aholining qimmatli qog‘ozlarini sotib olish ko'rsatkichlari;
— tijorat banklari faoliyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
— aholining Xalq banki va tijorat banklariga qo‘yilgan
qo‘yilmalari harakatini tavsiflovchi ko'rsatkichlar;
— sug£urta tashkilotlari faoliyatini tavsiflovchi ko'rsatkichlar;
— valuta savdosi va kursini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
7. Korxona va tashkilotlar moliyaviy faoliyatini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar:
— korxona va tashkilotlar moliyaviy holatini tavsiflovchi
ko'rsatkichlar;
— korxona va tashkilotlar moliyaviy hisoblari va o‘zaro hisobkitoblari ko'rsatkichlari;
— korxona va tashkilotlar moliyaviy faoliyatining natijalarini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Moliya statistikasi tashkil qilinishining har bir moliya tarmog'ida o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini ham aytib o‘tish kerak. Bu
o'ziga xos xususiyatlar aynan shu tarmoqning maqsadi va tayinlanishidan kelib chiqishi tushunarli. Masalan, bank statistikasi bilan sug‘urta statistikasining maqsadi bir xil emas. Shuning uchun
ham, bu bo‘limda biz moliya statistikasi tashkil qilinishining barcha xususiyatlarini ko‘rib chiqdik, deyishga asos yo£q. Qolgan
xususiyatlarga darslikning navbatdagi bo‘limlarida chuqurroq
to'xtalamiz.