Reja: Iqtisodiy baholash



Yüklə 21,83 Kb.
tarix08.04.2022
ölçüsü21,83 Kb.
#54977
13-mavzu


13-mavzu Tuproq bonitirovkasi ishlarining amalga oshirilishi .

Reja:


  1. Iqtisodiy baholash.

  2. Tabiiy unumdorli.

  3. Sun’iy unumdorlik

Bonitirovka qilishda – tuproqning ishlab chiqarish sharoitlarni emas, asosan o‘simlik o‘sishi uchun kerak bo‘lgan tabiiy xossalar hisobga olinib guruhlar-ga bo‘linadi. Iqtisodiy baholashda esa yerning tabiiy sifati va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari uning iqtisodiy sharoitlariga mos ravishda iqtisodiy munosabatlarning farqi asos qilib olinadi.

Yerlarning iqtisodiy baholashning ballaridagi ko‘rsatkichlari bir tuproqning ikkinchi tuproqdan necha marta yaxshi yomonligini yoki qimmatroq va arzonroq haqidagi savolga javob beradi. Bu solishtirma miqdoriy qiymatda yerning ishlab chiqarish vositasi si-fatidagi qishloq xo‘jaligi boshqarishda iqtisodiy hisob-kitob orqali rejalashtirishni tashkil qilishda foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligi ish-lab chiqarishda shu narsa ma’lumki, bir xil ishlab chiqarish vositala-ri bilan ta’minlangan bo‘lsa ham tuproq unumdorligini har xil bo‘l-ganligi uchun bir xil natija bermaydi. Shuning uchun ham tuproq unumdorligi ishlab chiqarishni asosiy dalillaridan biri hisoblanadi. Yerning unumdorligini aniqlashda va miqdorini hisob-kitob qilish ishlari yerni iqtisodiy baholash vazifasiga kiradi. Tuproqning tabiiy va sun’iy unumdorligi bor. Tabiiy unumdorligi tuproqning tabiiy, fizik, kimyoviy xossalariga va iqlim sharoitlariga bog‘liq.

Tuproqning sun’iy unumdorligini inson yaratadi. Tuproqning samarali unumdorligi bu tabiiy unumdorligi bilan sun’iy unum-dorligini (mehnat xarajatlari va mehnat vositalari) birlashib ket-ishdan hosil bo‘ladi. Buni aniqlash uchun quyidagi ishlar bajariladi:

1. Xo‘jalikning hamma yer to‘planish: haydalma yerlar, ko‘p yillik meva daraxtzorlar, pichanzor va yaylovlar baholanadi. Yern-ing yer baholash ishlarining bajarish uchun qishloq xo‘jalik tash-kilotlaridan yig‘ib olingan keyingi besh yillik uchun buxgalteriya va statistika hisobot ma’lumotlari aerofotogeodeziya hujjatlari tuproq va geobotanika tekshiruv hujjatlari asos qilib olinadi.

2. Baholash ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi:

a) Yerni umumiy baholash (bu ayrim o‘simliklarning ekishning foydaliligi bo‘yicha yerni baholash);

b) xususiy baholash.

Yerni umumiy baholashni asosiy ko‘rsatkichlar mahsuldorlik (jami mahsulotlar qiymati) so‘mlarga.

– xarajatlarning qoplanishi (qilingin bir so‘mlik xarajatga olin-gan mahsulotning qimmati).

– differensial daromad foyda joylashishi va sifati eng yaxshi bo‘lgan yerlarda olingan sof foydaning qo‘shimcha qismi.
Yerning xususiy baholashning asosiy ko‘rsatkichlari hosildor-lik sentnerlarga xarajatning qoplanishi so‘mlarga differensial daro-mad so‘mlarga.

3. Baholash ko‘rsatkichlari ayrim hujjatlar uchun tuproqning agronomik ishlab chiqarish guruhlari bo‘yicha hisoblab chiqilsa ay-rim xo‘jaliklar uchun esa texnologik sharoitlarga va ishlab chiqarishning tig‘izligiga qarab tuzatishlar kiritib, almashlab ekish dala-lari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Zarurat tug‘ilsa va yetarli ma’lu-motlar bo‘lsa tuproqqa ayrimlari bo‘yicha ham baholash ishlarini bajarish mumkin. Yalpi mahsulot qimmatini hisoblash uchun ishlab chiqarishning eng yomon sharoitida qilingan zarur bo‘lgan umumiy xarajatlarni hisobga olgan holda yagona kadastr narxlaridan foydalaniladi. Yalpi mahsulot qimmatiga asosiy hamda qo‘shimcha mahsulotning boshqa mahsulotlarning qimmati ham qo‘shiladi.

Yerni baholash natijalari bo‘yicha (yagona formada) quyidagi amaliy vazifalarni qishloq xo‘jaligining mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uning tannarxini pasaytirish imkonini beruvchi masalalarni ham qilish uchun asos bo‘ladigan qaydnomalar (vedomost) va yer baholash xaritalari tuziladi.

– qishloq xo‘jalik korxonalarining xo‘jalik faoliyati natijalarini tahlil qilish;

– qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va tayyorlash rejalarini mukammallashtirish;

– tabiiy va iqtisodiy sharoitini bir xil bo‘lmagan xo‘jalik-larning daromadini oshirish imkoniyatlarini tenglashtirish;

– Yer tuzish tadbirini texnik iqtisodiy asoslarini tuzish;
– qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun yerlarni ajratib olganda ko‘rilgan zararlarni hisoblab chiqish.

4. Yerlarni baholash ishlarini Respublika “O‘zdavyerloyiha” instituti bo‘limi va filiallari bajaradi. Bu ishlarni bajarish uchun metodik qo‘llanmalarni davlat ilmiy tekshirish ilmgohlari tayyorlab beradi;

5. Yer baholash hujjatlarini yangilash va ularga tuzatishlar ki-ritish har besh yilda amalga oshiriladi;

6. Yerlarni baholash quyidagi ishlar bajariladi:



a) tayyorgarlik ishlari dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish va bir yo‘lga qo‘yish;

b) Yer baholashni tumanlar bo‘yicha rejalashtirish;

d) tuproqni agronomik ishlab chiqarish bo‘yicha guruhlash.

Iqtisodiy baholash deb, yerni qishloq xo‘jaligining asosiy ish-lab chiqarish vositasi sifatidagi sifat bahosiga aytiladi, ya’ni, deh-qonchilikning mavjud intensivligi sharoitida qishloq xo‘jaligidagimehnat unumdorligini hisobga olish yo‘li bilan xilma-xil unumdor yerlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash tushuniladi.

Yer maydonlarini iqtisodiy baholashning tuproq bonitirov-kasidan asosiy farqi shundan iboratki, bonitirovka asosan tuproq-larning tabiiy jism holatini, ya’ni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqa-rishini yuritishning iqtisodiy sharoitlarini hisobga olmagan holatini o‘rganadi. Iqtisodiy baholashda esa yer qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida qaraladi. Yerlarni baholash dehqonchilikning shu davrda erishilgan intensivligi darajasida iqti-sodiy unumdorligi jihatidan yer maydonlarining sifatini zarur aniqlikda yoritiladi. U joyning tabiiy hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlarini, yer uchastkalarning joylashgan o‘rnini, qish-loq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishdagi mehnat va pul xa-rajatlarini hisobga olish orqali o‘tkaziladi.

Takrorlash uchun savollar

1.Iqtisodiy baholashning ahamiyati.

2.Tabiiy unumdorlik deb nimani tushunasiz.



3.Suniy unumdorlik deb nimani tshunasiz.
Yüklə 21,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin