Молия бозори статистикаси фани якуний назорат саволлари


Банкларнинг кредит фаолияти статистикасини изоҳланг



Yüklə 92,09 Kb.
səhifə13/29
tarix03.12.2023
ölçüsü92,09 Kb.
#171819
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Молия бозори ста жавоблари

16.Банкларнинг кредит фаолияти статистикасини изоҳланг. Bank statistikasi banklami va ularning faoliyatini turli aspektlarda o'rganadi: soni, mulk shakli, tayinlanishi, xizmat qilish turlari, assortimenti bo'yicha va boshqalar. Masalan, korxona va tashkilotlarga hamda aholiga ko'rsatiladigan bank xizmatlari statistikada quyidagi turlarga bo'lib o'rganiladi:Hisob-operatsiya ishlari, Kreditlash, Pul muomalasi, Pulli xizmat qilish, Tashkilotning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlili va Istiqboldagi xizmat turlari
Kredit deb bir subyekt ikkinchi subyektdan pul yoki tovarni ma’lum bir muddatga mukofot toiash va qaytarib berish sharti bilan olishiga aytiladi. Kreditni banklar, korxona va tashkilotlar, aksionerlik jamiyatlari, xususiy firmalar, sug'urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jismoniy shaxslar berishi mumkin. Yuqorida sanalganlar qarz oluvchi bo'lishi ham mumkin. Kredit bir qancha turlarga bo'linadi. Muddati bo'yicha: qisqa muddatli, uzoq muddatli. Ta’minlanishi bo'yicha: ta’minlangan va ta’minlanmagan. Kreditor turlari bo'yicha: davlatlararo, banklararo, bank, davlat, tijorat, lizing kompaniyasi krediti, sug'urta kompaniyasi krediti, shaxsiy kredit. Debitorlar turi bo'yicha: qishloq xo'jaligi, sanoat, kommunal kredit, nomli kredit. Foydalanishi bo'yicha: iste’mol, sanoat. Aylanma mablag'larini yaratish bo'yicha: investitsiya krediti, moliyaviy tanglikni yo'qotish uchun, o'rtacha kredit, mavsumiy kredit, qimmatli qog'ozlar bo'yicha kredit, eksport va import kredit. Bulardan tashqari kreditni yana quyidagi turlari mavjud: ipoteka, forfeyting; imtiyozli, diskotli (hisobli), lombard, aval, yevrokredit va boshqalar.
Kreditning barcha turlari va ko'rsatkichlari statistikaning o'rganish predmeti hisoblanadi. Statistikaning vazifalariga kredit hajmi, tarkibi, dinamikasi, muddati va boshqalarni tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimini yaratish, kredit olish va qoplash sharoitlarini o'rganish, kredit bo'yicha daromad va kredit operatsiyalari samaradorligini aniqlash va boshqa vazifalar kiradi. Bulardan tashqari, bizning fikrimizcha, har bir 140 kredit operatsiyasini (hajmidan qat’iy nazar) o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, kredit stavkalarining kreditni olish va qoplash shartsharoitlari hisobga olingan holda har bir kredit operatsiyasi uchun differensialini belgilash, kredit stavkalarining narx, soliq, inflatsiya va boshqa ko'rsatkichlar bilan bogiiq holda belgilash va tahlil qilish statistikaning muhim vazifasidir. Bu vazifani bankirlar, amaliyotchi iqtisodchilar, moliyachilar va statistiklar birgalikda bajarsa, natija yanada yaxshi boiadi. Kredit munosabatlarini baholashda statistika hajm, tarkibiy, o'rtacha, dinamik va samaradorlik ko'rsatkichlaridan foydalanadi. Statistika bu ko'rsatkichlarni, ularga ta’sir qiluvchi omillarni, ularning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy voqealikka (va aksincha) ta’sirini aniqlaydi va o’lchaydi. Kredit statistikasi ko'rsatkichlari orasida kredit riski ko'rsatkichi eng muhimi sanaladi. Berilgan kredit summasi bilan (o‘z vaqtida qaytarmaslik va kapitaldan ajralish) risk yonma-yon yuradi. O'z muddatida qaytarilmagan summa kredit boqimandasidir. U asosiy qarz va kredit foizlaridan tashkil topadi.


Yüklə 92,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin