Молия бозори статистикаси фани якуний назорат саволлари


Пул муомаласи статистикасининг методлари ва вазифалари нималардан иборат?



Yüklə 92,09 Kb.
səhifə12/29
tarix03.12.2023
ölçüsü92,09 Kb.
#171819
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Молия бозори ста жавоблари

15.Пул муомаласи статистикасининг методлари ва вазифалари нималардан иборат? Pul tizimi — mamlakatda pul muomalasini tashkil etish shakli. Pul tizimining unsurlari: pul birligi, naqd pulni emissiya qilish tartibi va turlari, pul aylanmasini tashkil etish, pul zaxiralarini tashkil etish, yaroqsiz pullarni yo‘qotish, kurslar va almashtirish jarayonlari, chetdan valutaning kirib kelishi va chiqib ketishi jarayoni, pul kupyuralari mavjudligi va h.k.Pul bozoridagi operatsiya va bitimlaming samaradorligini tavsiflovchi ko'rsatkichlami hisoblash va tahlil qilishni o‘rgatuvchi metodlar yig‘indisi pul muomalasi statistikasining predmetini tashkil qiladi. 0 ‘rganish obyekti — rasmiy pul birligi, pul massasi va harakati, pul emissiyasi tartibi va turlari, pul muomalasini boshqarishning metodlari va tashkiliy shakllari hisoblanadi. Pul bozori statistikasi pul munosabatlarini o'rganish, o‘zgartirish quroli hamda ulami miqdoriy oichash va kompleks tahlil qilish metodlari yig‘indisi bo'lib qolmasdan, balki pul muomalasi jarayonini tashkil qilishni rivojlantirish va bu jarayonni boshqarish samaradorligini va umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan umumiy vazifalami yechishda bevosita qatnashadi. Shu nuqtayi nazardan pul bozori statistikasining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— pul muomalasi ko‘rsatkichlarini guruhga, turlarga va maxsus sinflarga ajratish, pul munosabatlarini bir butunlikda tasvirlash, tahlil qilish va prognozlash uchun ularning zarur va yetarli miqdorini aniqlash;
— pul muomalasi jarayonidagi o‘zgarishlami to‘liq va doimiy ravishda kuzatib borish maqsadida statistik kuzatishni tashkil qilish va uning metodlarini takomillashtirish;
— pul muomalasi bo‘yicha hisoblanadigan ko'rsatkichlaming aniqlik darajasini, maiumotlarini to'plashga, qayta ishlashga va tahlil qilishga sarflanadigan kuch va m ablagiarni kamaytirishni ta’minlaydigan, bu jarayon qonuniyatlarini o'rganadigan statistik metodlami ishlab chiqish, asoslash va samarali qo'llash;
— pul muomalasi darajasi, dinamikasi, va tarkibini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarini hisoblash, tahlil qilish va prognozlash;
— pul muomalasidagi umumiy qonuniyatlarni va o'ziga xos evolutsion xususiyatlarni aniqlash, pul muomalasi ko‘rsatkichlari o'zgarishining mamlakatni umumiy iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichlarini o'zgarish sur’atlari va proporsiyalariga ta’sirini o'rganish (odatda, bu ishning teskarisi ham bajariladi, ya’ni umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishining pul muomalasi ko'rsatkichlariga ta’siri o‘rganiladi).
Yuqorida keltirilgan umumiy vazifalar bilan bir qatorda pul bozori statistikasi bir qancha xususiy vazifalarni ham bajaradi. Ularga quyidagilami kiritish mumkin:
— alohida olingan ko'rsatkichlarni va pul muomalasining agregatlari bo'yicha mavjud o‘zgarish tendensiyalarini aniqlash va o'rganish. Masalan, pul, kassa va valuta aylanmasi ko'rsatkichlari bo'yicha: — baho, valutalar kursi, stavkalar hisobi, qimmatli qog'ozlar kotirovkasi va boshqa ko‘rsatkichlaming statistik monitoringi; — pul massasiga bo'lgan talab, emissiya, pul birliklari tuzilishi, pulning yaroqsizlik darajasi va ularni aylanmadan chiqarib olish, alohida olingan pul birliklarining aylanishi yoki xalq qo'lida turib qolishi, pul migratsiyasi va boshqalami statistik o‘rganish va tahlil qilish; — pul muomalasining bozor samaradorligini statistik metodlar yordamida tahlil qilish va prognozlash.


Yüklə 92,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin