Amaliy mashg’ulot bo’yicha tuzilgan topshiriqlar topshiriq №1 Pul birligi



Yüklə 26,17 Kb.
səhifə1/8
tarix26.09.2023
ölçüsü26,17 Kb.
#148785
  1   2   3   4   5   6   7   8
amaliy-1


AMALIY MASHG’ULOT BO’YICHA TUZILGAN TOPSHIRIQLAR
Topshiriq №1


1. Pul birligi bu – pul tizimi elementlaridan biri bo’lib, har bir mamlakatda amal qiladigan qog’oz va tanga pullarning nomlanishini o’zida ifodalaydi.


2. Metаll pullаr - oltin va kumushdan tayyorlangan pullar. Dastlab ular bo‘laklar shaklida, keyinchalik to‘rt va oltiburchaklar, munchoq, uzuk, bilakuzuk shaklida, asta-sekinlik bilan dumaloq shaklda qo'llanila boshlagan(dumaloq shaklda ular kamroq yedirilgan).


3. Qog’oz pullar. Dastlabki qog‘oz pullarni muo­malaga chiqarilishi taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrdan boshlab muomaladagi oltin va kumush pullar o‘rnini qog‘oz pullar egallay boshlagan. Qog‘oz pullar mustaqil qiymatga ega bo‘lmasdan, ular davlatning qonuniy hujjatlari asosida mamlakatda to‘lov va muomala vositasi rolini bajaradi. Shuning uchun qog‘oz pullarning qiymati o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, u mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif, milliy iqtisodiyotning barqarorligi hamda ijtimoiy - iqtisodiy holatlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Bu uning sotib olish qobiliyatining mustahkamligi, inflyatsiya darajasi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi.


4. Pullarning muomalaga chiqarilish qoidalari. Qog’oz pullar Markaziy bankda emissiya qilinadi va asosan byudjet tashkilotlari xodimlariga oylik ish haqi ko’rinishida va tijorat banklarida turli xil kredit shakllarida muomalaga kirib keladi.


5. Pul, kredit, vаlyutа boshqаruvi O’zbekistonda Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.


6. Nаqd pulsiz to‘lov аylаnishi vа kredit pullаr (chek, veksel) muomаlаsini olib borishdа dаvlаt tomonidаn belgilаngаn shаrtlаr. O’zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOM”da belgilangan shartlar asosida olib boriladi.[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 13-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3229]. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lov hujjatlaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish tartibini belgilaydi, bundan budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar mustasno.



Yüklə 26,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin