AKSEPT (lot. acceptus — qabul qilingan) — 1) fuqarolik huquqida taklifda (ofertada) koʻrsatilgan shartlarda shartnoma tuzishga rozilik bildirish; xalqaro huquqda shartnoma shartlari bilan bogʻlanganlik toʻgʻrisida bir tomonlama ariza;
2) naqd pulsiz olib boriladigan hisob-kitobning asosiy shakli; tovarlar, xizmatlar, bajarilgan ishlar xaqini taqdim etilgan toʻlov talabnomasiga muvofiq toʻlashga rozilik yoki toʻlashni kafolatlash. Mahsulot (xizmat) yet-azib beruvchi tomonidan toʻlov talabnomasi yozilib, toʻlov summasini xaridor hisob varagʻidan oʻz hisob varagiga oʻtkazish uchun bankka taqdim etiladi. Bankda toʻlov talabnomasini qondirish toʻlovchi Aksept (roziligi) bilan oʻtkaziladi. Belgilangan qoidaga koʻra toʻlovchi talabni Aksept qilishi yoki yozma ravishda rad etishi mumkin. Akseptni asossiz rad etgan toʻlovchi yetkazib beruvchi hisobiga jarima toʻlaydi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.
Bankning maxsus schyotlari deganda nimani tushunasiz?
Pul mablag‘lari harakati qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?
Topshiriq №3: Test savollariga javob bering? 1. Korxona kassiri hisob siyosatida belgilangan vaqtda korxona buxgalteriyasiga qanday hisobotni taqdim etishi lozim? А) Materiallar hisobotini
B) Kassa hisobotini
C) Avans hisobotini
D) Balansni