19.Қимматли коғозларнинг индивидуал таснифии изоҳланг.Qimmatli qog'ozlarga individual tasnif. Qimmatli qog‘ozlar deganda korxona va tashkilotlarning (mulk
turidan qat’iy nazar) mol-mulkida va shu mol-mulkdan olinadigan
daromadda qimmatli qog‘ozlar egasining hissasi borligini tasdiqlovchi
yuridik hujjat tushuniladi
Qimm atli qog'ozlar qachon paydo bo‘lgan, degan savolga
qo'shimcha moliyaviy mablag'larga ehtiyoj tug'ilgan kundan boshlab,
deb javob berish mumkin (Yevropa, XVII acp).
Bu masala tarixiga nazar tashlansa, ishbilarmonlar moliyaviy
mablag' yetishmasligi muammosini ssuda, kredit, qarz olish bilan
bir qatorda qimmatli qog'ozlarni chiqarish va sotish orqali yechish
yo'lini topganlar.
Qimmatli qog'ozlarni chiqarish emissiya, ularni chiqaruvchi-
lar — emitentlar deyiladi. Aksiyadorlik jamiyati, bank, davlat, in-
vestitsion kompaniya yoki fond, mahalliy organlar va boshqa yuridik
shaxslar emitent bo'lishi mumkin.
Qimmatli qog'ozlar bozori birlamchi va ikkilamchi bozorlarga
bo'linadi.
Birlamchi bozorda qimmatli qog'ozlar ulam i chiqaruvchilar
(emitentlar) tomonidan, ikkilamchi bozorda esa fond biijalari orqali
sotiladi. Bu bozorda qimmatli qog'ozni taklif qiluvchi qarzdor, sotib
oluvchilar esa kreditorlar deb ataladi. M a’lum bir miqdorda daro-
mad olish uchun o'z pullariga qimmatli qog'ozlarni sotib olgan
yuridik va jismoniy shaxslar investorlar deb ataladi.
Jahon amaliyotida moliyaviy vositachilarning bank va nobank
xarakteriga qarab qimmatli qog'ozlar bozori 3 modelga bo'linadi:
1. Nobankli model, bu asosan AQSHga taalluqli.
2. Bank modeli, bu asosan Germaniyaga taalluqli.
3. Aralash model, bu asosan Yaponiya, Rossiya va Belorussi-
yaga taalluqli.