Молия бозори статистикаси фани якуний назорат саволлари


Пул массаси ва унинг структурасини ёритиб беринг?



Yüklə 92,09 Kb.
səhifə11/29
tarix03.12.2023
ölçüsü92,09 Kb.
#171819
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Молия бозори ста жавоблари

14.Пул массаси ва унинг структурасини ёритиб беринг?
Pul massasi deganda bir mamlakat ichida jismoniy va yuridik shaxslarning naqd pul va naqd pulsiz qilinadigan hisob-kitob mablag‘lari yig‘indisi tushuniladi. Umumiy pul massasi (M) alohida agregatlardan tashkil topadi. Pul agregati deganda to‘lov vositalarini likvidlik darajasi bo'yicha maxsus tasnifi yokijamg‘arilayotgan va xarid qobiliyatini saqlovchi barcha pul vositalari tushuniladi. Bunga naqd pullar, korxonalaming hisob raqamidagi pullari, muddatli va muddatsiz bankka qo‘yilgan pullar, sertifikatlar, zaxiralar va boshqalar kiradi. Pul agregatlarining soni mamlakat iqtisodiyoti va pul massasini boshqarish xususiyatlari inobatga olingan holda turlichadir. Masalan, AQSH va Rossiyada pul massasi 4 agregatga, Yaponiyada — 3, Angliyada — 5, Shveysariya va Germaniyada — 3, Fransiyada — 10 agregatga bo‘lingan. Umumiy ko'rinishda pul massasi quyidagi parametrdan tashkil topadi:
Mo — agregat aylanmadagi barcha (aholi qoiidagi, korxona va tashkilotlar kassasidagi) naqd pulni o‘z ichiga oladi.
M, — agregatga barcha naqd (M0) pul va foiz to‘planmaydigan depozitlar qoldig‘i summasi kiradi.
M 2 — bu agregat o‘z ichiga M l agregatini va muddatli depozitlami oladi. Muddatli depozitlar aholini muddatli (3 yilgacha) hisoblardagi qo‘yilmalari hamda aholi va korxonalaming tijorat banklarida ochilgan hisob raqamlaridagi qoldiq mablagiaridan tashkil topadi.
M3 — bu agregatni aniqlash uchun M2 agregati massasiga maqsadli zayomlar, sug‘urta polislari, sertifikatlar, banklar zaxirasi, uch yildan ko‘p muddatga qo‘yilgan aholi pullari, budjet, kasaba uyushmasi, ijtimoiy va boshqa tashkilotlar hisobidagi mablag'lar qo‘shiladi.
M4 — bu agregat M3 agregatiga aksiya, obligatsiya va veksellar qiymatini qo'shish bilan aniqlanadi.
M5 — agregat o‘z ichiga M4 agregatdagi mablag‘lar va aholi, korxona hamda tashkilotlaiga qarashli bo‘lgan chet el valutasini oladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, pul massasi agregatlari turli mamlakatlarda turli ko'rinish va sonda qabul qilingan. Masalan, Belorussiya milliy bankining metodikasi bo'yicha pul massasi 5 agregatga boiingan, Rossiyada esa — 4 taga. Ular hisoblash metodikasi bo‘yicha ham farq qiladi.


Yüklə 92,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin