G`arbga nisbatan Sharq mamlakatlarida taraqqiyot ancha oldin boshlangan. Insonning iqtisodiyot sohasidagi faoliyati, bozor, savdo kabilar Osiyo xalqlari ichida juda qadimgi davlardayoq boshlanib, so`ngra g`arbga, Ovro`pa xalqlariga tarqala boshlagan.
Sharq bozori, Markaziy Osiyo va O`zbekistondagi bozor o`zining qadimiyligi bilan bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, bu yerlarda qadim davrlardanoq inson iqtisodiy faoliyati ancha yuqori darajada ekanligini ko`rsatadi. Avvalo shuni ta`kidlash zarurki, sharq bozorida maxsus savdo rastalari, do`konlar, omborlar, karvon saroylar kabilar bo`lgan. Shu bilan birga savdogarlar o`z vatanlaridan uzoq bo`lgan bir necha bozorlarda oldi-sotdi ishlarida qatnashishgan, hatto bir necha mamlakatlar bozorlarida ishtirok etishgan.
Bu albatta, qadim vaqtlardayoq hunarmanchilik, dehqonchilik rivojlanganligining natijasidir. Qadimgi davr, qulchilik davrlardayoq hozirgi O`zbekiston hududi bozorlarida Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Хitoy va Yunon savdogarlari o`z mollarini sotish bilan birga ko`p miqdorda bu yerlardan hunarmandlar, dehqonlar mahsulotlarini xarid qilar edilar.

Turon bozorida «Ipak yo`li»ning ta`siri katta edi. Bu yo`l Хitoydan Janubiy Ovro`pagacha cho`zilgan bo`lib, shu yo`l bo`yidagi shahar bozorlarini o`z ichiga olar, ya`ni asosan shu «Ipak yo`li o`tgan joylardagi» bozorlarga ta`sir etar edi. Bu bozor Foydalanilgan adabiyotlarqat Хitoy mollari va Janubiy Ovro`pa mollari bilan chegaralanmay, yo`l-yo`lakay barcha xalqlar mollari savdosini ham ta`minlar edi. Albatta, bunda Хitoyning ipak mollari va chinnisi katta o`rin egallar, lekin Turon hunarmand va dexqonchilik mollarining salmog`i ham oz emas edi. Bu mollar Uzoq Sharq va Ovro`pagacha olib borilib sotilar edi. Shu bilan birga «Ipak yo`li» o`tgan hududlar uchun noma`lum bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishining bora-bora o`zlashtirilishda «Ipak yo`li»ning ta`siri katta bo`lgan.