Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko’rsatish iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib



Yüklə 67,86 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix18.04.2023
ölçüsü67,86 Kb.
#99823
Hujjat (6)



KIRISH
Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko’rsatish iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, 
iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda vositachi sifatida namoyon bo’lmoqda. Shu bilan bir qatorda
xizmat turlari ko’payib uning mamlakat yalpi ichki mahsulot (YIM)ida hissasi ortib bormoqda, xizmat 
sohasida yangi ish o’rinlari ochilib, xizmat ko’rsatish sifati oshib, aholi turmush farovonligi 
yaxshilanmoqda. Birgina misol, 2021-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga oshdi 
hamda bozor xizmatlari ko’rsatish hajmi 15,7 foizga o’sdi, ularning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi 
ulushi esa 53 foizdan 54 foizga oshdi. 
Shuni ta’kidlash joizki, xizmat ko’rsatish tarmoqlari va xizmat turlari o’zimizga xos tarzda rivojlanib 
kelgan va rivojlanmoqda. Bu ko’p hollarda xizmatlarning milliyligi bilan bog’liqdir, chunki shunday 
xizmatlar borki, ular faqat o’zimizgagina xosdir, misol uchun, hashar orqali ko’rsatiladigan xizmatlar, 
homiylik xizmatining ayrim turlari, milliy to’y-hashamlarda qilinadigan xizmatlar va hokazo. Ammo 
shuni e’tirof etish kerakki, mamlakatimizda ushbu o’zimizga xos xizmat sohasi kam tadqiq qilingan va 
mos ravishda iqtisodiy adabiyotlarda mazkur masalaga bag’ishlangan materiallar kam yoritilgan. 
Hozirgi kunda jamiyat vakillarining zamonaviy, murakkab maishiy texnika, kompyuterlar va shaxsiy 
avtotransport bilan ta’minlanganligining keskin oshishi natijasida ularga ko’rsatilayotgan 
xizmatlarning kengayishiga sharoit yaratadi. Zamonaviy xizmat ko’rsatish turlarining kengayishi va 
rivojlanishi yangi daromadli faoliyat turlarining yuzaga kelishiga, aholi bandligini ortishishiga zamin 
yaratadi. Yangi daromad turlarining yaratilishi va aholi daromadlarining oshishi esa, o’z navbatda, 
soliq solish bazasini kengayishiga, byudjet daromadlarining ko’payishiga olib keladi.
Xizmatlar ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish maqsadida unga qulay sharoit yaratish, 
uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko’rsatish sohasi tarmoqlarida band bo’lgan aholi 
sonini yanada ko’paytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshirish hamda ichki iste’mol bozorini 
sifatli turli-tuman zamonaviy xizmat turlari bilan to’ldirish pirovard maqsad sifatida namoyon bo’lib 
kelmoqda..
Taraqqiyotimizning bugungi bosqichi, ya’ni milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishda ishlab chiqarish 
tarmoqlari bilan bir qatorda xizmat ko’rsatish sohasining ham o’rni kun sayin kengayib bormoqda. 
Mamlakatimiz moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasining 
mukammal tarzda yo’lga qo’yilganligi, moliyaviy jihatdan yuqori potensialga ega ekanligi hamda 
xizmat turlarining sifatliligi muhim rol o’ynaydi. 
Xizmat ko’rsatish korxonalari moliya tizimini bozor iqtisodiyotining xalqaro andozalariga mos 
ravishda rivojlantirish hozirgi davrda o’ta dolzarb va ustuvor vazifalardan biri bo’lmoqda va shu bilan 
Iqtisodiyotda xizmat ko’rsatish sohasi moliyasini samarali tashkil qilishning ijobiy jihatlari o’ziga 
xosdir, ya’ni xizmat ko’rsatish sohasining tashqi omillar o’zgarishiga bog’liq emasligi, ortiqcha 
iqtisodiy mablag’ talab qilmasligi, yangi ish o’rinlarini yaratishda xarajatlarning kamligi va shu kabi bir 
qancha omillarning mavjudligidir. Shuni alohida ta’kidlash joizk, xizmat ko’rsatish sohasi 
sub’ektlarining shakllanishi va taraqqiy etishida hamda xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasining 
yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlashda ayrim muammolarga ham duch kelinmoqda. Ushbu 
muammolarni bartaraf qilish, uning nafaqat amaliy, balki bir qator nazariy masalalarini ham hal etish 
lozimligi mazkur soha faoliyati samaradorligini hamda moliyaviy potensialini oshirish evaziga 
mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini barqaror rivojlanishiga olib borilishini taqozo qilmoqda. 
Bularning barchasi mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi 

Yüklə 67,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin