Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabat.
Yuqoridagi misolda ko‘rdikki, ikkala ish joyida ham kutiladigan daromad 4500 so‘mni tashkil qiladi. Demak, kim tavakkalchilikka borishga moyil bo‘lmasa, ikkinchi ish joyiga boradi, nima uchun deganda bu ish joyida kutiladigan daromad kamroq tavakkalchilik bilan bog‘liq. Endi faraz qilaylik, birinchi ish joyidagi har
bir natijaga 200 so‘mdan qo‘shaylik. Unda kutiladigan natija 4500 so‘mdan 4700 so‘mga oshadi.
Quyidagi 3-jadvalda yangi daromadning natijalari keltirilgan.
Birinchi ish joyi uchun: kutiladigan daromad = 4700 so‘m. Dispersiya =2250000 so‘m.
Ikkinchi ish joyi uchun: kutiladigan natija = 4500 so‘m. Dispersiya = 9900 so‘m.
9.3- Jadval
Ish joyi
|
1-natija
|
Kvadratik chetlanish
|
2-natija
|
Kvadratik chetlanish
|
Birinchi
|
6200
|
2250000
|
3200
|
2250000
|
Ikkinchi
|
4510
|
100
|
3510
|
980100
|
Birinchi ish joyida kutiladigan daromad ikkinchi ish joyidagidan yuqori, lekin u yuqori tavakkalchilik (yo‘qotish) bilan bog‘liq. Qaysi ish joyi ustunroq deganda, bu savolning yechimi tanlovchi shaxsning o‘ziga bog‘liq. Tadbirkor shaxslar yuqori tavakkalchilikka ega bo‘lsa ham kutiladigan daromad yuqoriroq bo‘lgan ish joyini tanlaydi, konservativroq (o‘zgarishlardan o‘zini olib qochuvchi) shaxslar kutiladigan daromad kamroq bo‘lsa ham, kamroq tavakkalchilik bilan bog‘liq ishni, ya’ni ikkinchi ish joyini tanlaydi.
Insonlar tavakkalchilikka borishga tayyorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Insonlar tavakkalchilikka borishga tayyorligi bo‘yicha uch turga bo‘linadi: tavakalchilikkaborishga moyil insonlar, tavakkalchilikka borishga qarshi, ya’ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikka qarshi bo‘lgan inson deganda shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bog‘liq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko‘radi. Agar tavakkalchilikka qarshi insonni
iste’molchi deb qarasak va u oladigan daromadiga iste’mol tovarlar majmuasini sotib olib, uni iste’mol qilishdan ma’lum darajada naf oladi deb faraz qilsak, biz iste’molchining tavakkalchilik bilan bog‘liq daromadining naflik darajasi bilan qanday bog‘liq ekanligini ko‘rishimiz mumkin (8.1-rasm). Tavakkalchilikka qarshi inson daromadi past darajadagi chekli naflikka ega ekanligini ko‘ramiz. Rasmdan ko‘rish mumkinki, har bir birlik qo‘shimcha daromadga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha naflik daromad oshishi bilan kamayib bormoqda. Masalan, 20-30 ming so‘mlik daromad oralig‘idagi har ming so‘m daromadga 0,8 birlik naf to‘g‘ri kelsa, 31-ming so‘mlik daromadga 0,6 naf birligi to‘g‘ri kelayapti). Chekli naflikni kamayishi insonlarda tavakkalchilikka salbiy munosabatini kuchaytiradi. Shuning uchun ham tavakkalchilikka borishga moyillikning yo‘qligi ko‘pchilik insonlarga
xosdir. Tavakkalchilik ular uchun og‘ir sinovdek hisoblanadi va ular ma’lum kompensatsiya bo‘lgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin.
Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan va tavakkalchilik bilan bog‘liq natijalarni tanlashga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka neytral qaraydigan inson uchun o‘rtacha foyda muhim hisoblanadi.
9.1-rasm. Tavakkalchilikka moyil bo‘lmagan holat O‘rtacha qiymatga nisbatan cheklanishlar bir-biri bilan qisqarib, umumiy cheklanishlar nolga teng bo‘lgani uchun ham ushbu cheklanishlar uni
9-2-rasm. Tavakkachilikka befarqlik.
Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi insonlarga o‘z taqdirini sinab ko‘rishdan bahramand bo‘lish uchun barqaror daromaddan voz kecha oladigan insonlar kiradi. Ular yutish ehtimoliga yuqori baho berib yuboradilar. Tavakkalchilikka moyillik grafigi keskin sur’atda ortib borayotgan parabola grafigi orqali ifodalanishi mumkin (8.3-rasm).
9.3-rasm. Tavakkalchilikka moyillik.
Hayotda va umuman barcha bozor sub’ektlari tavakkalchilikni e’tiborga oladi. Ko‘chalardagi, bozorlardagi har xil firibgarlar tavakkalchilikka moyil insonlar
hisobidan boylik orttirsa, sug‘urta kompaniyalari tavakkalchilikka moyil bo‘lmagan insonlarni yo‘qotishlarini kamaytirishga xizmat qiladilar.
9.3. Tavakkalchilikni (yo‘qotishlarni) pasaytirish.
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug‘urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.
Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya’ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo‘ladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi.
Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma’lumki, bir vaqtning o‘zida ikkala mahsulot turiga bo‘lgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan bittasiga bo‘lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Ko‘p hollarda bir turdagi mahsulotga bo‘lgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga bo‘lgan talab oshadi. quyidagi 4-jadvalda ikki turdagi mahsulotdan olinadigan daromadlar keltirilgan.
9.4- Jadval
Tovarlarni sotishdan tushgan daromad.
Tovarlar turi
|
Yoz fasli
|
Qish fasli
|
1-tur (muzqaymoq)
|
6 mln. so‘m
|
1 mln. so‘m
|
2-tur (issiq choy)
|
1 mln. so‘m
|
6 mln. so‘m
|
Firma o‘zi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib, yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yo‘qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko‘proq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo‘qotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko‘rinib turibdiki, firma diversifikatsiya yo‘li bilan tavakkalchilikni
kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni to‘liq yo‘qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos.
Tavakkalchiliklarni qo‘shish - ushbu usul tasodifiy yo‘qotishlarni o‘zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, mulkning o‘g‘irlanishi, shaxsning kasal bo‘lib ishga chiqmasligi, tabiiy ofatlarning bo‘lishi tasodifiy bo‘lib, ular juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu noxush hodisalarning oqibatlarini kamaytirishda sug‘urtaning ahamiyati katta.
O‘zbekistonda ham hozirgi vaqtda ko‘pgina insonlar o‘z hayotlarini, mulkini sug‘urtalaydilar. Sug‘urta ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun respublikada maxsus
qonunlar ishlab chiqilgan va bir qator davlat va nodavlat sug‘urtalash firmalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sug‘urtalashda tavakkalchilikni qo‘shish samaradorligi shu bilan belgilanadiki, sug‘urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Tavakkalchilikni taqsimlash - ushbu usulga ko‘ra zarar ko‘rish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub’ektlar o‘rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan yo‘qotishi nisbatan kichik bo‘ladi.
Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qo‘rqmasdan moliyalashtiradilar.
Axborot bilan ta’minlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun deganda, axborotning yetishmasligi noto‘g‘ri qaror qabul qilishga olib
keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo‘lib, uni olish uchun haq to‘lash kerak, ya’ni axborot olish xarajat bilan bog‘liq, ba’zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. Shuning uchun ham kerakli bo‘lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirish kerak bo’ladi
4.Xulosa
Mening bu mavzudan olgan xulosam shuki bozor va tavakkalchilik har narsada odam tavakkal qiladi shuning uchun ham bular bir biriga bog’liq biznesmenlar ham tavvakkal qilib foyda olishni o’ylaydilar
Foydalanilgan adabiyotlar
Mikroiqtisodiyot Shakarov 2021
Iqtisodiyot nazaryasi Shonazarov
Internet saytlar
w.w.w.ziyonet.uz
w.w.w.arm.uz
Dostları ilə paylaş: |