Bozor va uning turlari


Asosiy atama va tushunchalar



Yüklə 32,45 Kb.
səhifə6/10
tarix12.10.2023
ölçüsü32,45 Kb.
#154296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bozor va uning turlari-fayllar.org (1)

Asosiy atama va tushunchalar
Bozor iqtisodiyoti, bozor mexanizmi, bozor tuzilmasi, bozor ob’ekti, bozor sub’ekti, bozor infratuzilmasi, audit, konsalting, investisiya, innovasiya, bozorning afzalliklari, bozorning salbiy tomonlari.

6-mavzu. O’ZBEКISTON RESPUBLIКASIDA BOZOR IQTISODIYOTINING ShAКLLANISh NAZARIYASI


1. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning zarurligi va ularning asosiy shartlari
XX asrning oxirida jahon taraqqiyotida muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Bu o’zgarish, sosialistik tizimning emirilishi natijasida sobiq sosialistik respublikalarning o’z mustaqilligiga erishganligidir. Shuning uchun bu davr maxsus xususiyatlarga ega davrdir. Chunki mustaqil davlatlarning tashkil topishi nafaqat bu mamlakatlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni o’rnatish, balki rivojlangan mamlakatlar bilan ham aloqalarni rivojlantirishni zarur qilib qo’ydi. Lekin jahon xo’jaligiga kirib borish uchun yangi mustaqil davlatlar o’z iqtisodiyotini jahon talablariga javob beradigan tarzda tashkil qilib, rivojlantirishlari lozim.
Lekin bu juda murakkab jarayondir. Chunki sobiq Ittifoqning hamma respublikalari singari O’zbekistonga ham sobiq Ittifoqdan batamom barbod bo’lgan iqtisod meros bo’lib qoldi. Uning hayotga layoqatli emasligi, butun iqtisodiy tizim yoppasiga davlat mulkchiligiga asoslanganligi, korxonalarning markazga qaramligi va iqtisodiy huquqlarga ega emasligi, xalq xo’jaligi haddan tashqari monopoliyalashtirilganligi va markazlashtirilgan tazyiq siyosati, bozor iqtisodiyotini tartibga soluvchi omillarga va insonga samimiy e’tiborning yo’qligi bilan asoslangan edi. Bu sharoitda insonga boshqaruv sohasida «vint» va iqtisodiy munosabatlar tizimida «omil» roli berilgan edi. Qisqasi, buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot o’zining oxirgi davrida ishlab chiqarishning pasayishiga olib keluvchi, tobora kuchayib borayotgan iqtisodiy inqiroz, giperinflyasiya kabi ko’pgina jamiyatga zarar keltiruvchi hodisalar bilan ifodalanadi. O’zbekiston misolida olib qaraydigan bo’lsak, markaz O’zbekistonning manfaatlarini hisobga olmagan holda, uni xom ashyo bazasiga aylantirib qo’ygan edi.
Кorxonalarning ko’pchiligi tovarni respublikada ichki bozor uchun emas, balki tashib ketish uchun ishlab chiqargan. Aksariyat tarmoqlarda tugallanmagan texnologik jarayonga ega ishlab chiqarish tashkil qilingan edi. Ular xom ashyoni dastlabki qayta ishlash va yarim tayyor mahsulotlarni chiqarish bosqichida to’xtab qolar edi.
Xalq xo’jaligi tarkibining buzilishi 1990 yilda O’zbekistonning respublikalararo savdo oborotida salbiy 3,7 milliard rublni yoki yalpi milliy mahsulotning 11 foizini tashkil qilgan. Shu bilan birga respublika neft va boshqa energetika manbalari bilan o’zini-o’zi ta’minlash imkoniyatiga ega bo’la turib, 10 million tonnadan ziyod neftni chetdan olar edi.
G’alla, qand, go’sht, sut mahsulotlari ham aksariyat chetdan sotib olinar edi. Bularning oqibatida 1990 yilda respublika aholisining 70 foiziga yaqinining jami daromadlari tirikchilik o’tkazish uchun zarur bo’lgan eng quyi darajadan ham past edi. 2007 yilga kelib importni eksport bilan qoplanishi 169,8 foizni tashkil qilgan. Natijada aktiv savdo balansi ya’ni saldosi 3755,9 mln. dollarni tashkil etgan. 2007 yilga kelib, aholining pul harajatlari 30,7 foizga o’sib, 16572,8 mlrd. so’mni, daromadlari esa 30,2 foizga ko’payib 16872,7 mlrd. so’mni tashkil etgan. Umumiy aholi daromadi umumiy harajatlarga nisbatan 274,2 mlrd. so’mga ko’p bo’lgan. Bu sobiq tizim davrida respublika aholisini boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda, kambag’allik chegarasidan ham past darajada yashashga olib kelgan edi.
Totalitar byurokratik tizim mamlakatni xom ashyo bazasiga aylantirgan edi. Respublikaning tabiiy resurslari va ekologik muhitiga juda ko’p miqdorda va qaytarib bo’lmaydigan darajada zarar etkazdi. Bunga Orolning fojeasi misol bo’ladi.
Yuqoridagi va shunga o’xshash juda ko’p salbiy oqibatlar respublikada siyosiy-iqtisodiy o’zgarishlar olib borish zaruratini yuzaga keltirishi natijasida 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi o’zini mustaqil deb e’lon qildi. Bu kundan boshlab O’zbekiston nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy mustaqillikka ham ega bo’ldi. Endi bu mustaqillikni mustahkamlash vazifasini bajarishdek ulkan va murakkab vazifa turar edi. Bu vazifani imkon qadar ijobiy hal qilishning birdan-bir yo’li respublikani bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida rivojlantirishdir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish yagona xo’jalik yuritish tizimini joriy etish bo’lib, insonlar uchun mutlaqo yangi hayot falsafasidir. Respublikamiz bozor munosabatlariga o’tishning hamda ichki va tashqi siyosiy shakllantirishning nazariy asoslari, shuningdek, amaliy dasturini ishlab chiqdi.


Yüklə 32,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin