3. Qonun ustuvorligi, qonunlarga bo’ysunish
Davlat iqtisodiyot faoliyatining huquqiy asoslarini, o’ziga xos «bozor shart-sharoitlarini» vujudga keltiradi. Ularning doirasida bozor sub’ektlarining o’zaro aloqalari amalga oshirilishi mumkin.
Islohotlarning huquqiy ta’minlanishi iqtisodoy islohotlarning negizi, ularning to’la bajarilishining kafolatlanganligidir. Bunda fuqarolarda qonunga bo’ysunish, ijroiy huquqiy madaniyatni tarbiyalash lozim.
Кuchli ijtimoiy siyosat
Ma’lumki, bozor munosabatlari insonga munosib turmush sharoiti yaratuvchi vositadir. Shuning uchun, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish, aholini ijtimoiy himoyalash etakchi tamoyil bo’lib, Кonstitusiya bilan belgilangan islohotlarning so’nggi maqsadidan kelib chiqadi. O’zbekistonda davlat tomonidan o’tkazilayotgan ijtimoiy siyosatning o’ziga xosligi, uning kuchliligi aholining aniq tabaqalariga qaratilganligidir.
Faqat ijtimoiy himoyalash va kafolatlarning kuchli, ta’sirchan mexanizmi bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borishni ta’minlaydi, aholi tomonidan islohotlarni qo’llab-quvvatlashga asos bo’ladi, mamlakatda barqarorlikni saqlaydi.
5. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish
Bu etakchi tamoyil iqtisodiyotdagi islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlantirib borish xarakterini belgilab beradi. Bozor munosabatlariga o’tish amaldagi xo’jalik mexanizmini yangilashdan iborat bo’lmay, balki buyruqbozlik iqtisodiyoti o’rniga bozor iqtisodiyotini yaratishdir.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olish bizning respublika uchun juda murakkab vazifadir. Bu vazifani birdaniga bajarib bo’lmaydi, chunki, eng avvalo, yangi hayotga moslashish, yangicha fikrlash, yangicha yashashga o’rganish zarur, boqimandalikni bartaraf etish, yangicha munosabatlarni shakllantirish, o’z taqdiriga va farovonligiga mas’uliyatni tarbiyalash zarur.
Eng muhimi esa bizning respublikada 2007 yilda aholini ish bilan bandligi 216% ko’paygan. 2007 yilda mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumotlariga asosan «Bandlik» dasturiga asosan 628,9 ming ish joylari yaratildi.
Demak, bozor munosabatlariga birdaniga o’tish orqali, aholining asosiy qismini bozor iqtisodiyotining shafqatsiz jarayonlariga duchor qilib qiynash bizning maqsadimizga ziddir. Shuning uchun bozor munosabatlariga o’tish bir zumdagi hodisa emas, balki bir qator o’zaro bog’langan bosqichlardan iborat uzoq davrdir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining birinchi bosqichida (1991-2000) yillar ichida ikki asosiy masala: ma’muriy buyruqbozlik tizimini tugatish, iqtisodiy krizisdan chiqish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va respublika sharoitlaridan kelib chiqqan holda bozor munosabatlarini shakllantirishni amalga oshirishdan iborat edi.
Respublikada birinchi galda iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizi tashkil etildi.
«O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilliginining asoslari to’g’risida»gi Qonun, er osti boyliklari to’g’risidagi, joylarda davlat hokimiyati to’g’risidagi, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari to’g’risidagi va boshqa ko’p qonunlar asosida hokimiyatning birdan-bir to’la huquqli bo’lgan hokimlik instituti yaratildi.
Ikkinchidan, yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan mulkchilik munosabatlari shakllantirildi.
Uchinchidan, xo’jalik yuritishning va institusional o’zgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmlari: bozor infratuzilmasi, xo’jaliklarni shakllantirish va yuritish bo’yicha yangi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi.
To’rtinchidan respublikani xalqaro munosabatlarda teng huquqli sub’ekt sifatida ta’minlovchi huquqiy me’yorlar yaratildi. Ya’ni tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida Respublikaning xalqaro etakchi tashkilotlarga a’zoligi to’g’risida, valyutani tartibga solish to’g’risida, chet el investisiyalarini jalb etish, ularning egalari huquqlarini himoya qilish to’g’risida qonunlar yaratildi.
Beshinchidan, insonlar ishonchini ta’minlovchi, konstitusion va yuridik huquqlarni himoya qiluvchi jamoat tashkilotlarining huquqlari vijdon va din erkinligi qonunlari qabul qilindi. Bu degan so’z respublikamizda qonun ustuvorligi ta’minlandi.
2001-2007 yillarni o’z ichiga olgan ikkinchi bosqich davrida mamlakatimiz rivojlanishi qayta yangilash asosida iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, «Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun uning manfaatlari uchun» degan shior ostida amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: |