2-rasm. To`ldirilgan "Fishbone" diagrammasi. Oliy o’quv yurtlarida klinik dozimetriya fanining “Ionlovchi nurlanishlar va ularning asosiy xususiyatlari” mavzusini o’qitishda “Fishbone” metodini qo’llaymiz. Metoddan ma’ruza mashg’ulotini mustahkamlashda foydalanamiz. Talabalarga ma’ruza mashg’uloti bayon qilinadi. Ma’ruzani yanada mustahkamlash uchun auditoriya talabalari 2 guruhga ajratiladi va ma’ruzaga tegilashli topshiriqlar beriladi. 1-topshiriqda 1-guruh diagrammaning muammolar va savollar yoziladigan qismini to’ldiradilar, shunga ahamiyat berish kerakmi muammolar ketma-ket va bir-birini to’ldirishi zarur bo’ladi, 2-guruh shu muammolarga yechim topishlari va diagrammaga to’ldirishlari kerak. Keyinki topshiriqlarda guruhlar o’rnini almashtiradilar. To’ldirilgan diagramma 2-rasmda ko’rsatilgan.
Xulosa. “Fishbone” texnologiyasidan foydalanish talabalar ko'nikmalarni rivojlantiradi va guruh bo’lib ishlashiga yordam beradi. Metod matnlarni tahlil qilish, asosiy muammoni ajratib ko‘rsatish, unga javoblar izlash, umumlashgan xulosalar chiqarishga ko’maklashadi. Metodning asosiy maqsadi talabalar ijodkorligini va tizimli fikrlashini rivojlantirish. Metod muammaolar va yechimlar o’rtasida bo’g’liqlik hosil qiladi. “Fishbone” metodi orqali ko’plab mavzularni talabalarga chuqur o’rgatish mumkin. Ayrim mavzularda bu metodni qo’llash kutilgan natijani bermasligi mumkin, bunday holda qo’shimcha interfaol pedagogik metodlardan foydalanish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PQ-4623, Toshkent, 27.02.2020.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. “Ta’lim to’g’risida”. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. , O’RQ-637-son, Toshkent sh., 23.09.2020y.