Laboratoriya tahlillari allergik astma tabiatini tasdiqlash uchun, shuningdek, davolash samaradorligini nazorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Laboratoriya tahlillari allergik astma tabiatini tasdiqlash uchun, shuningdek, davolash samaradorligini nazorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Umumiy qon tahlili. Eozinofiliya va ECHTning biroz ortishi.
Umumiy balg’am tahlili. Bal’gamga mikroskop ostida qaralganda unda ko’p miqdorda eozinofillarni, Sharko-Leyden kristallarini, Kurshman spirallarini aniqlash mumkin. Neytral leykotsitlar faol yallig’lanish jarayoni ostida bo’lgan, infektsiya bilan bog’liq bronxial astma bilan og’rigan bemorlarda aniqlash mumkin.
Qonning biokimyoviy tahlili — tashxislashning asosiy usuli emas, bemor hoaltini aniqlash uchun qo’shimcha sifatida qo’llaniladi.
Immunitet holatini o’rganish. Bronxial astmada T-supressorlarning soni va faolligi keskin kamayadi, qonda immunoglobulinlarning soni ortadi. Immunoglobulin E miqdorini aniqlash uchun testlardan foydalanish allergologik sinovlari o’tkazish imkoniyat bo’lmaganda muhim ahamiyatga ega.