Brutsellyoz sabablari, turlari, alomatlari, tashxislash, davolash, oldini olish



Yüklə 56,31 Kb.
səhifə4/5
tarix14.12.2023
ölçüsü56,31 Kb.
#176922
1   2   3   4   5
BRUTSELLYOZ

Surunkali shakllari ba’zida o’tkir shaklni chetlab o’tib birdan rivojlanadi, ba’zan o’tkir-septik shakldan keyin biroz vaqt o’tgach. Klinikasi bo’yicha birlamchi va ikkilamchi surunkali metastatik shakllar farq qilmaydi. Farq — anamnezda o’tkir-septik shakl mavjudligi yoki yo’qligida. Klinikasi: uzoq muddatli subfebril isitma, zaiflik, asabiylashish kuchayishi, yomon uyqu, ishtahaning yo’qolishi, mehnat qobiliyatining pasayishi. Yalpi limfadenopatiya palpatsiya vaqtida yumshoq, sezgir yoki og’riqli. Kichik, juda zich, og’riqsiz, sklerozlangan limfa tugunlari (diametri 0,5-0,7 sm) qayd etiladi. Jigar va taloq kattalashadi. Buning fonida a’zolar shikastlanishi aniqlanadi, ko’pincha tayanch-harakat tizimi tomonidan, keyingi o’rinlarda asab va reproduktiv tizim.
Mushaklar va bo’g’imlardagi og’riqlar, asosan, yiriklarida, poliartrit, kasallikning yangi kuchayishida boshqa lokalizatsiyali metastazlar hosil bo’ladi. Periartrit, paraartrit, bursit, eksostozlar. Osteoporozlar qayd qilinmaydi. Bo’g’imlar shishadi, ularning harakatchanligi cheklanadi, ustki teri normal rangda bo’ladi. Harakatning cheklanishi va deformatsiyalar suyak to’qimalarining o’sib ketishi bilan bog’liq. Umurtqa shikastkanadi, ko’pincha kamar sohasida. Eriksen, Naxlas, Larrey, Djon-Ber alomatlari aniqlanadi.
Shikastlangan mushaklardagi miozitlar. Og’riq o’tmas, uzoq muddatli, ularning intensivligi ob-havoning o’zgarishi bilan bog’liq. Palpatsiya yordamida yanada og’riqli joylar aniqlanadi va mushaklarda turli shakl va o’lchamdagi og’riqli zichlanishlar seziladi. Kichik boldir, bilak, orqa va beldagi teri osti kletchatkasida fibrozit (sellyulit) aniqlanadi. O’lchami 5-10 mm dan 3-4 sm gacha, yumshoq, oval tuzilishga ega, og’riydigan yoki sezgir. Keyinchalik ular kichrayadi, butunlay so’rilib ketishi yoki sklerozga uchrab, uzoq vaqt davomida og’riqsiz kichik zich shakllanma bo’lib qolishi mumkin.
Asab tizimining shikastlanishida nevrit, polinevrit, radikulitlar rivojlanadi. Kamroq hollarda markaziy asab tizimi shikastlanadi (mielit, meningit, ensefalit, meningoansifalit) va ular uzoq, o’gir kechadi.
Erkaklar jinsiy tizimidagi o’zgarishlar — orxit, epididimit, jinsiy funktsiyaning pasayishi. Ayollarda salpingit, metrit, endometrit. Amenoreya kuzatiladi, bepushtlik rivojlanishi mumkin. Homilador ayollarda ko’pincha abort, o’lik tug’ilish, muddatidan oldin tug’ish, bolalarida tug’ma brutsellyoz qayd qilinadi.
Ikkilamchi-surunkali shakli xuddi shu kabi kechadi. Ikkilamchi yashirin shaklning birlamchi latent shakldan farqi — u ko’pincha manifest shaklga o’tadi (qaytalanadi).

Yüklə 56,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin