Brutsellyoz sabablari, turlari, alomatlari, tashxislash, davolash, oldini olish



Yüklə 56,31 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü56,31 Kb.
#176922
  1   2   3   4   5
BRUTSELLYOZ


BRUTSELLYOZ — SABABLARI, TURLARI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH
Brutsellyoz (lot. brucellosis), qora oqsoq — zoonoz infektsiya, kasallangan hayvonlardan odamlarga yuqadi va inson organizmining a’zolari va tizimlariga ko’plab shikast yetkazishi bilan tavsiflanadi. Mikroblar — bu kasallikning qo’zg’atuvchilari — 1886 yilda ingliz olimi Devid Bryus tomonidan aniqlangan. Olimning sharafiga mikroblar brutsella, ular chaqiradigan kasallik esa brutsellyoz deb nomlangan.

Brutsellyoz qo’zg’atuvchilari


BRUTSELLYOZ SABABLARI VA EPIDEMOLOGIYASI
Brutsellyozning qo’zg’atuvchilari — brucella avlodiga mansub, hujayra ichida parazitlik qila oladigan grammanfiy bakteriyalardir. Brutsellyozning 6 tur qo’zg’atuvchisi va 17 ta biovari aniqlangan. Odamlar uchun uchtasi patogen hisoblanadi:

  • Mayda shoxli mollar: echki, qo’ylar brutsellyozi qo’zg’atuvchisi (Brucella melitensis);

  • Yirik shoxli qoramollar: sigir brutsellyozi qo’zg’atuvchisi (Brucella abortus);

  • Cho’chqalar brutsellyozi qo’zg’atuvchisi (Brucella suis).

Ba’zi manbalarda itlar brutsellyozi qo’zg’atuvchilari (Brucella canis) ham inson uchun xavfli deb ko’rsatilgan.
Hayvonlar bakteriyalarni sut, siydik, amniotik suyuqlik orqali tarqatadi, shuningdek, Stomaxys calcitrans pashshasi ham brutsellyoz tashuvchisi hisoblanadi. Inson zararlanishi kasallik tashuvchi hayvonlar bilan bevosita kontakt qilishda yoki zararlangan oziq-ovqatlar — xom sut, pasterizatsiyalanmagan sutdan tayyorlangan pishloq iste’mol qilishda sodir bo’ladi.


PATOGENEZ
Bakteriyalarning kirish darvozasi — terining, ovqat hazm qilish a’zolari va nafas yo’llarining shilliq qavati mikrojarohatlari hisoblanadi. Darvoza hududida va regionar limfa tugunlarining limfa yo’llarida hech qanday o’zgarish bo’lmaydi. Brutsellyozda limfadenopatiya yalpi hisoblanadi, bu mikroblarning gematogen tarqalishini ko’rsatadi. Ko’payishi va to’planishi limfa tugunlarida, ba’zan esa qonda sodir bo’ladi. Qo’zg’atuvchidan tozalanganidan keyin ham uzoq vaqt davomida organizmning sezilarli allergik reorganizatsiyasi, keskin sezilarli sekinlashgan tipdagi gipersezuvchanligi saqlanib qoladi. Brutsellyoz surunkali kechishga moyilligi bilan ajralib turadi. Kasallanishdan keyin immunitet shakllanadi, lekin uzoq saqlanmaydi (3-5 yildan so’ng qayta infektsiyalanish mumkin). Brutsellyozning klinik ko’rinishiga kasallikka sabab bo’lgan brutsella turi ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Brutsellyozning eng og’ir kechishi — melitensis, qolganlari kasallikning yengil shakllarga olib keladi.



Yüklə 56,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin