Tabiatda uchrashi. Bu gruppacha elementlari tabiatda, asosan MnO2-pirolyuzit, 3Mn2O3.MnSiO3- braunit, Mn203.•H20 —manganit, MnSO3 - rodoxrozit, Mn3O4 - gausmanit, CuReS4 jezkazgenit va boshqa minerallar holida uchraydi. Texnetsiyning tabiatda uchraydigan minerallari ma’lum emas, faqat sun’iy usulda xosil qilinadi.
Olinishi. Marganets elektr pechlarida alyumotermik va silikotermik usullar bilan olinadi:
3Mn3O4 + 8AI 9Mn + 4AI2O3 +Q
MnO2 + Si Mn + SiO2
Bunday usul bilan olingan Mn oksidlari bilan aralashgan xolda bo’ladi. Lekin bunday aralashmalar sanoatda o’tga va issiqlikka chidamli materiallar olishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Toza xoldagi marganets uning ikki valentli tuzlarini elektroliz qilib olinadi. Texnetsiy elementi faqat sun’iy usulda olinadi. Reniy esa uning oksidlarini yuqori temperaturada vodorod bilan qaytarib olinadi:
Re2O7 + 7H2 2Re + 7H2O
Bundan tashqari, reniy elementini uning perrenat tuzlarini elektroliz qilib yoki vodorod oqimida qizdirib olinadi.
2NH4ReO4 + 4H2 2Re + N2 +8H2O
Ko’p miqdorda reniy olishda atom sanoati chiqindilaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |