Bu elementlarning umumiy soni 33 ta b



Yüklə 223,59 Kb.
səhifə1/22
tarix02.01.2022
ölçüsü223,59 Kb.
#47678
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bu elementlarning umumiy soni 33 ta b-fayllar.org


Bu elementlarning umumiy soni 33 ta b

1. Davriy sistеmaning qo‘shimcha guruhchasi elеmеntlari. d-elementlar har qaysi kata davrda s- va p- elementlar orasidagi o’nta katakni ishg’ol qiladi.

Bu elementlarning umumiy soni 33 ta bo’lib, to’rtinchi, beshinchi, oltinchi davrlarda o’ntadan va ettinchi davrda uchtadir. Qo’shimcha gruppacha elementlari oraliq, elementlar deb ham yuritiladi.

d-elementlarda bir elementdan ikkinchisiga o’tilganda atomlarning sirtqi qavatdan bitta ichkari qavatiga ortib boruvchi bitta elektron joylasha boradi. Bu elementlarning kimyoviy xossalari sirtqi va undan bitta ichkarigi qavatlarga joylashgan elektronlar soniga bog’liq bo’ladi. d- element­larning o’ziga xos xususiyatlari metallar atomlarining elektron tuzilishiga - sirtqi elektron qavatda ko’pincha ikkita s- elektroni (ba’zan, bitta s- elektron) bo’lishi bilan tavsiflanadi. Bu elementlar atomlarining ionlanish energiya mikdori kamligi sababli sirtki elektronlar yadro bilan nisbatan bo’shroq bog’langandir. SHunga ko’ra, oraliq element­lar xosil qilgan birikmalarida musbat oksidlanganlik namoyon qiladi, bu ularning asosiy gruppacha metallari kabi metallik xususiyatlariga ega bo’lishini taqozo qiladi. Ammo asosiy va qo’shimcha gruppacha metallari orasida ma’lum farqlar ham mavjud. Oraliq element atomlarining sirtqidan oldingi elektron qavatlarida elektronlar bilan to’lmagan d- sathcha mavjud bo’ladi. Oraliq elementlar atomlari kimyoviy bog’lanish xosil qilganda faqat tashqi elek­tronlar emas, balki e- elektronlari ham ishtirok etadi. SHu sababli oraliq elementlar uchun asosiy gruppacha metallariga qaraganda o’zgaruvchan valentli bo’ladi. Buning natijasida oraliq elementlarda barqaror kompleks birikmalar hosil qilishga moyillik ko’proq seziladi.

Xar bir davrda asosiy gruppacha elementlari, ya’ni s- va p- elementlarida ularning tartib belgisi orta borgan sari atomlar tashqi elektron qavatida elektronlar soni ko’paya boradi, bu tipik metallardan metallmaslarga o’tishga olib keladi. Oraliq elementlarda esa tartib sonining ortishi bilan tashqi elektron o’avatlarining tuzilishi deyarli o’zgarmaydi, shuning uchun elementlar xossalari ham asosiy gruppacha elementlariga qaraganda juda sekinlik bilan o’zgaradi. Skandiy, titan, vanadiy, xrom va marganetsda yuqori oksidlanish darajasi guruh tartib soniga teng bo’lsa, temirniki olti, kobalt bilan nikelniki uch, mis va ruxniki ikki bo’ladi. SHunga qarab moddalar barqarorligi ham

o’zgaradi. TiO va VO oksidlaridan titan bilan vanadiyning oksidlanganlik darajasi + 2 bo’lib, kuchli qaytaruvchi hisoblanadi. Lekin ularga o’xshash mis va rux oksidlari qaytarish xususiyatiga ega emas.

2. XI guruh elementlari. Mis, kumush, oltin. Ularning tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, birikmalari. O‘zbеkistonda mis, oltin, kumush va ular birikmalarini ishlab chiqarish . Mis, kumush, oltin, ularning qotishmalari va birikmalarning amaliy ahamiyati.

Cu-1,28Ao Ag-1,44 Ao Au-1,44 Ao

Er po’stlog’ini Cu-0,01%, Ag-4. 10-6 Au-5. 10-7 % ni tashkil etadi.

Mis yaltirog‘i - Cu2S, Mis kolchedani - CuS. FeS, malaxit - CuCO3. Cu(OH)2 kuprit - CuO2 , argentit – Ag2S , xlorargerit – AgCl lar xolida uchraydi.

Misni 2 ta tabiiy izatopi bor - 69%, - 31%, uning yana 9 ta radiaktiv izatopi olingan. O‘zbekiston (olmaliq, Sari CHeku, oltin topgan (qo‘rg‘oshin koni) va boshqa joylarda) uchraydi.

Kumishning 2 ta tabiiy, 25 ta sun’iy izatopi bor. O‘zbekiston (Oltin topgan qo‘rg‘oshin koni) da uchraydi.

Oltinning 1 ta tabiiy, 22 ta radioktiv izotopi olingan. Kalaverit - AuTe2

4Ag+8KCN+2H2O+O2 = 4K[Ag(CN)2] + 4KOH

2K[Ag(CN)2] + Zn = K2[Ag(CN)4] + 2Ag

2AgNO3 + 2NaOH = 2NaNO3 + Ag2O + H2O

4Au+8NaCN+O2 +2H2O=4Na[Au(CN)2]+4NaOH

2Na[Au(CN)2]+Zn = Na[Zu(CN)4]+2Au

AuCl3 = AuCl + CI2

Mis gruppachasi elementlariga Cu—mis, Ag—kumush, Au— oltin kiradi. Bu gruppacha elementlari atomlarining tashqi elektron qavatida s1 -elektronlar mavjud bo’lishiga qaramasdan d- elementlar oilasiga kiradi. Chunki bu elementlarning valent elektronlari faqatgina s- elektronlar emas, balki d- elektronlari hamdir. SHuning uchun bu elementlarning oksidlanish darajasi fakat +1 emas, masalan, misniki +1, +2, oltinniki +3, kumushniki esa +1 ga teng barqaror birikmalar. +1 valentli kumush birikmalarining barqaror bo’lishiga sabab, mis va oltin elementlarinikiga qaraganda elektron konfiguratsiyasining ancha mustaxkam bo’lganligidir.




Yüklə 223,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin