Birikmalari. Mis bromid —CuBr, rangsiz kristall, nam ta’sirida yashil rangga bo’yalada, suvda erimaydi. Qaynoq CuSO4 va KBr yoki NaBr eritmasiga SO2 ta’sir ettirib hosil qilinadi. Organik moddalarni sintez kilishda ishlatiladi.
M i s (I) oksid — Cu2O, qizil rangli kristall, suvda erimaydi. Chug’latilgan mis metaliga kislorod ta’sir ettirib yoki misning bir valentli tuzlariga ishqor eritmasini ta’sir ettirib hosil qilinadi. Cu2O — mis kuporosi olishda, shisha, keramika va glazurlar tayyorlashda pigment sifatida ishlatiladi.
Mis (I) sulfid — Cu2S, qora rangli kristall, suvda erimaydi, yuqori temperaturada suyuqlanadi. Metallurgiyada ishlatiladi.
Mis (II)-gidroksid — Cu(OH)2, ko’kish-yashil tusli amorf modda, qizdirilganda parchalanadi, suvda erimaydi. Mis tuzlariga ishqor eritmasi ta’sir ettirib hosil qilinadi. SHisha, keramika, emal, glazur tarkibida pigment sifatida ishlatiladi.
Mis (II)-bromid — CuBr2, qora rangli kristall, suvda, atsetonda yaxshi eriydigan gigroskopik modda. Vodorod bromid eritmasiga CuO yoki CuSO3 ta’sir ettirib olinadi. Fotografiyada, organik moddalarni sintez qilishda ishlatiladi.
Mis (II)-x l o r id— CuCI2, jigarrang-sargish tusli, suvda, spirtda, atsetonda yaxshi eriydigan kristall modda. Mis (II) - oksidga xlorid kislota yoki CuSO4 va BaCI2 ta’sir ettirib hoosil qilinadi. Organik moddalarni sintez qilishda, gazlamalarni bo’yashda ishlatiladi.
M i s (II) -oksid— CuO, qora rangli kristall, suvda erimaydi, elektrolitlarni tayyorlashda pigment sifatida ishlatiladi.
Mis (II)-sul ‘fid — CuS, qora rangli kristall, suvda erimaydi. Mis tuzlari eritmasiga vodorod sulfid ta’sir ettirib hosil qilinadi. Bueklar tarkibida pigment sifatida ishlatiladi.
M i s (II)-sulfat - CuSO4, ko’kish tusli kristall, suvda yaxshi eriydi. Mis (II) - oksid yoki mis (II)- gidroksidga sulfat kislota ta’sir ettirib yoki SiS ni kislorod ishtirokida pishirish natijasida xosil qilinadi. CuSO4 galvanotexnikada, gazlamalarga va teriga ishlov berishda, buyoqchilikda, elektrolitlar tayyorlashda, fotografiyada ishlatiladi.
K u m u sh bromid — AgBr, och-sarg’ish tusli kristall, suvda erimaydi. Kumushga brom ta’sir ettirib yoki AgNO3 ga KVg ning suvli eritmasini aralashtirib olinadi. Fotografiyada yorug’likka sezgir qog’ozlar olishda ishlatiladi.
Kumush (I)-oksid-AgO, jigarrang-qoramtir tusli kristall, suvda erimaydi, yoruglik ta’sirida tezda parchalanadi. Kumush nitratga suyultirilgan ishqor ta’sir ettirib cho’ktiriladi. Organik moddalarni sintez qilishda, gazlarni SO dan tozalashda foydalaniladi.
Kumush nitrat — AgNO3, oq rangli, suvda, spirtda yaxshi erimaydigan kristall, organik birikmalar ta’sirida kumush metaliga oson qaytariladi. Kumush nitrat fotografiyada, tibbiyotda va analitik kimyoda ishlatiladi.
Kumush xlorid — AgCI, oq rangli cho’kma, suvda erimaydi, ishqoriy metallarning sianidlarida, tiosulfat va NH4OH eritmalarida, konsentrlangan nitrat kislotada yaxshi eriydi. Kumush xlorid fotografiyada, detektorlar olishda, spektrometriyada, ishlatiladi.
O l t i n (III)-xlorid — AuCI3, qizil rangli kristall, termik beqaror, suvda, xlorid kislotada yaxshi eriydi, efirlarda yomon eriydi. Metallarning sirtini oltin bilan qoplashda, keramika va shishalarga pardoz berishda qo’llaniladi.
3. XII guruh elementlari. Bu elеmеntlar atomlarning tuzilishi va xossalari. Rux, kadmiy, simob. Ularning tabiatda uchrashi, olinish usullari. Fizikaviy va kimyoviy xossalari, muhim birikmalari: oksidlari, gidroksidlari, tuzlari va komplеks birikmalari. Ularning olinishi va xossalari. Simob (I-II) birikmalari. Rux, kadmiy, simobning Rеspublikamizdagi zahiralari va ishlab chiqarilishi, ishlatilishi.
Cd-1817 yilda F.Shtromeyer (Germaniya) Rux oksididan metall holida ajratib olingan. Grekcha kadmeta- rux oksidi so’zidan olingan. Eng muxim birikmalari: CdO, CdS,
Rux gruppachasi elementlariga rux — Zn, kadmiy — Сd va simob — Hg kiradi. Bu elementlar atomlarining tashqi elektron qavatida s2 elektronlari mavjud. Shuning uchun bu elementlarning oksidlanish darajasi +2 ga teng. Simobning oksidlanish darajasi +2 ga teng bo’lgan juda ko’p birikmalari ma’lum. Bunday birikmalar dimerlangan bo’lib, Hg - Hg -bog’lanishning mavjudligi isbotlangan. Rux, kadmiy va simob atomlari o’zlarining sirtqi elektron qavatidan oldingi-sidagi elektronlarini bermaydi. Bu jixatdan mis gruppachasi elementlaridan farq qiladi. Rux, kadmiy va simob II gruppaning asosiy gruppacha elementlari kabi aktiv, faol emas. Bunga sabab, asosiy gruppacha elementlari bilan qo’shimcha gruppacha elementlarining ionlanish potensiali va ion radiuslarining bir-biridan keskin farq qilishidir. Metallarning kuchlanishlar qatorida rux bilan kadmiy vodoroddan oldinda turgan bulishiga qaramasdan, suvdan vodorodni siqib chiqara olmaydi, chunki bu metallarning sirtida mustahkam oksid parda mavjud. Bu elementlarning rux-kadmiy-simob qatorida metallik xossalari kamayib boradi.
Dostları ilə paylaş: |