Mehnat unumdorligi – korxona faoliyati samaradorligini umumlashtiruvchi ko’rsatkichdir.Mehnat unumdorligini tahlil qilishning asosiy maqsadi uning o’sish imkoniyatlarini ya’ni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlaridan iborat.
Tahlil jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
Mehnat unumdorligining osish sur`atlari; Mehnat unumdorligini o`sish bo`yicha ishlab chiqarish rejalarini bajarilish darajasini; Turli omillarning mehnat unumdorligiga ta`sir darajasini; Mehnat unumdorligini ishlab chiqarilgan mahsulot xajmiga ta`siri.
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilish ichki ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlashga yo`naltirilgan. Aniqlangan imkoniyatlardan foydalanish natijasida mehnat unumdorligini o`sishi quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi: Ishlovchilar soning mutloq kamayishi;
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshishi; Talabga ega bo`lmagan mahsulotni ishlab chiqarishni to`xtatish;
Mehnat unumdorligi ko’rsatkichini tahlil qilishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Mehnat unumdorligini haqidagi ko’rsatkichlarini reja va bazis ko’rsatkichlaridan farq qilish sabablarini aniqlash;
U yoki bu chetlanishlarga sabab bo’lgan har bir omilni foydani o’sishi yoki kamayishiga ta’sir qilish darajasini aniqlash;
Amalga oshirilgan tashkiliy texnik chora-tadbirlar haqidagi samaradorligini belgilash;
Ishlovchilarni va mehnat sarfini qisqartirishning foydalanilmagan imkoniyatlarini aniqlash;
Umuman korxona va uning bo’linmalari bo’yicha mehnat unumdorligini holatini baholash;
Korxona foydasini oshirish uchun aniqlangan rezervlardan foydalanish bo’yicha tashkiliy texnik chora-tadbirlar ishlab chiqish
Mikrodarajada mehnat unumdorligini hisoblashda asosan quyidagi uchta ko`rsatkichni qo`llash mumkunligini qayd etilgan:
Natural ko`rsatkichalar.
Shatli-natural ko`rsatkichlar.
Pul (qiymat) ko`rsatkichlar.
Yuqoridagi ko`rsatkichlarning ma`lum darajada ijobiy va salbiy tomonlar mavjud. Masalan, natural ko`rsatkichlar bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda qo`llanilishi mumkin. Unda mehnat unumdorligi tonna, metr, dona va h.k. ko`rsatkichlar orilai hisoblaniladi. Bunga neft yoki ko`mir qazib chiqarishni misol qilib olish mumkin. Ushbu mahsulotlarning miqdori natural holda massa yoki hajm birliklarda ifodalanadi. Masalan, paxta yoki don yetishtirishda ham natural ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin.