Budjet tashkiloti xarajatlar smetalarini va shtatlar jadvalini o’rganishda paytida
quyidagilar tekshirilishi lozim:
•
budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to’lovi uchun xarajatlar smetasi
bo’yicha tasdiqlangan summalarining shtatlar jadvali (bunda, xarajatlar smetasidagi
ish haqi jamg’armasi, xodimlar to’liq to’ldirilmaganligi tufayli mehnatga haq to’lash
jamg’armasi bo’yicha tejab qolingan mablag’lar summasiga shtatlar jadvalidagidan
kam miqdorda tasdiqlanishi mumkinligini ko’zda tutish lozim) bo’yicha
tasdiqlangan ish haqi summalariga
muvofiqligi;
•
ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etilgan shtatlar jadvalini belgilangan
na’munaviy shtatlar jadvali va shtatlar normativlariga muvofiqligi;
•
shtatlar jadvalida belgilangan lavozimlar bo’yicha
maoshlar hamda ularga
qo’shimchalarning to’g’ri belgilanganligi;
•
budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirish
maxsus jamg’armasining to’g’ri tashkil qilinishi;
•
umumta’lim, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Direktor
jamg’armasi to’g’ri tashkil qilinishi;
•
xarajatlar smetasi bo’yicha tasdiqlangan stipendiyalar
uchun xarajatlar
summasini xarajatlar smetasi bo’yicha hisob-kitoblarga muvofiqligi;
•
"Boshqa xarajatlar" guruhi xarajatlari summasining
xarajatlar smetasida
tasdiqlangan summasiga muvofiqligi.
Dostları ilə paylaş: