davlat qarzini boshqarish samaradorligini tahlil qilish, unga o’z vaqtida
xizmat ko’rsatilishi ustidan nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi nomidan yoki
uning kafolati ostida jalb qilingan chet el kreditlari mablag’laridan samarali
foydalanish masalalari bo’yicha predmetli tekshiruvlar tashkil etish;
davlat mulki realizatsiya qilinishi bilan bog’liq masalalarni tahlil qilish va ular
bo’yicha nazoratni ta’minlash;
byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi
ustidan nazorat qilishga doir vazifalar moliya organlari, shu jumladan g’aznachilik
bo’linmalari tomonidan bajarilishi samaradorligini tahlil qilish;
davlat mulki ulushi bo’lgan korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatini
dividendlar to’g’ri hisoblanishi va to’lanishi yuzasidan tekshirish.
Dostları ilə paylaş: