davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni o’tkazish
uchun moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi
umumiy ma’lumotlar;
taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari
buzilgan qonun hujjatlari ko’rsatilgan holda.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish uchun asos bo’lib xizmat qilgan hujjatlarning
ko’chirma nusxalari, davlat moliyaviy nazorati doirasida
harakatlarni bajarish
to’g’risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, jalb etilgan
ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, nazoratni o’tkazish
jarayonida davlat
moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning so’roviga ko’ra
olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo’shib qo’yilishi lozim.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonun hujjatlari bilan,
hujjatlar bilan yoki moliyaviy nazorat ob’ekti faoliyatining
davlat moliyaviy
nazorati
jarayonida
amalga
oshirilgan
tartib-taomillar
natijalari
bilan
tasdiqlanmagan
turli xil xulosalarni, taxminlarni va faktlarni, tergov
materiallaridan ma’lumotlarni va moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslari
tergov organlariga bergan ko’rsatuvlarga havolalarni kiritishga yo’l qo’yilmaydi.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda moliyaviy nazorat
ob’ektining mansabdor va moddiy javobgar shaxslari harakatlariga huquqiy baho
berilmasligi,
shuningdek
ularning
qilmishlari,
niyatlari
va
maqsadlari
tavsiflanmasligi lozim.
Byudjet kodeksida nazarda tutilgan ma’lumotlar ma’lumotnoma (xulosa)
rasmiylashtirilayotganda majburiy emas.
Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir
hujjatlar davlat moliyaviy
nazoratini o’tkazgan mansabdor shaxslar, shuningdek moliyaviy nazorat
ob’ektining mansabdor va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi.
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor va mas’ul shaxslari davlat
moliyaviy nazorati natijalariga rozi bo’lmagan taqdirda, hujjatni o’z e’tirozlari
bilan imzolaydi hamda o’n kunlik muddat ichida e’tirozlarini davlat moliyaviy
nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi.
Moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan e’tirozlar o’n kunlik muddatda yozma
shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir
hujjat moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda
davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari ko’riladi.
Moliyaviy nazorat ob’ekti sudga murojaat etgan taqdirda, o’zining
sudga
murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni o’n kunlik muddatda davlat moliyaviy
nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan moliyaviy nazorat ob’ektining
murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi
davlat moliyaviy nazorati natijalari bo’yicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli
bandlarga tegishli qismi bo’yicha amalga oshirilishini to’xtatib turadi.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan
ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to’liqligi
davlat moliyaviy nazorat
organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: