Budjet nazorati


 Yakuniy moliyaviy natijalar hisobining nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

3. Yakuniy moliyaviy natijalar hisobining nazorati 
Tekshirish jarayonida moliyaviy natijani aniqlashdagi hisob-kitoblarni 
asoslanganligi va aks ettirilishi o’rganiladi. Bunda, daromadlar turlari bo’yicha 
har birining alohida holda daromadlari (tushumlari yoki budjet mablag’lari 
bo’yicha g’aznachilik orqali amalga oshirilgan kassa xarajatlari) va ushbu 
daromadlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlari ayriladi va mazkur 
daromad turi bo’yicha moliyaviy natija aniqlanadi. Agarda daromadlar amalga 
oshirilgan kassa xarajatlaridan ko’p bo’lsa, ijobiy moliyaviy natija hosil bo’ladi 
(ya’ni, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi subschyotlarning kredit tomonida 
qoldiq qoladi).
 
Agarda daromadlar amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam bo’lsa, salbiy 
moliyaviy natija hosil bo’ladi (ya’ni, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 
subschyotlarning debet tomonida qoldiq qoladi).
 
Yakuniy moliyaviy natijani aniqlashda yillar bo’yicha o’sib borish 
tendentsiyasini tahlil qilish zarur. Bunda, joriy yil va o’tgan yillarmoliyaviy 
natijalarning hosil bo’lishiga asos bo’lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan 
tekshirilishi lozim. Ma’lumki, daromad turlari bo’yicha budjet tashkilotining 
moliyaviy natijalari 2 ta bosqichga bo’lingan holda aniqlanadi: 
1-bosqich
da budjet tashkilotining faqatgina moliya yili mobaynidagi (1-
yanvardan 31 dekabrgacha, budjet mablag’lari bo’yicha esa, moliya yiliga 
qo’shimcha vaqt mobaynidagi davr ham kiradi) barcha daromadlari va mazkur 
davrdagi (1-yanvardan 31 dekbargacha) amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini 
solishtirish natijasida aniqlanadi. 


2-bosqich
da esa, mazkur aniqlangan moliyaviy natija budjet tashkilotining 
o’tgan yillar mobaynidagi moliyaviy natijasiga qo’shiladi. Buning natijasida budjet 
tashkilotining joriy davrga yakuniy moliyaviy natijasi aniqlanadi. 
Joriy yilga moliyaviy natijalarni ijobiy ko’rsatkich bilan yakunlanishi, ya’ni 
budjet tashkilotining joriy yilga daromadlarini uning xaqiqiy xarajatlaridan ortiq 
bo’lishi, ikki holatni anglatishi mumkin. Jumladan: 
-
debitorlik qarzlar vujudga kelgan bo’lishi mumkin; 
-
tashkilotning nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarining qoldiq qiymati oshgan 
bo’lishi mumkin. 
Huddi shuningdek, joriy yilga moliyaviy natijalarni salbiy ko’rsatkich bilan 
yakunlanishi, ya’ni budjet tashkilotining joriy yilga daromadlarini uning xaqiqiy 
xarajatlaridan kam bo’lishi ham, ikki holatni anglatishi mumkin. Jumladan: 
-
kreditorlik qarzlar vujudga kelgan bo’lishi mumkin; 
-
tashkilotning nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarining qoldiq qiymati 
kamaygan bo’lishi mumkin. 
Har ikkala holatni keltirib chiqaruvchi sabablar tekshirish rejasiga kiritilishi, 
tahlil qilinishi va xulosa chiqarilishi lozim.Nazorat tahlilini amalga oshirish
quyidagi misolda ko’rsatilgan: 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin