16-mavzu: Moliya organlarida davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlar
nazorati
Moliya organlari belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
asosida
Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuziladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi
moliya vazirligi buyrug’i bilan tasdiqlangan shakllarda va
muddatlarda Davlat byudjeti
ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuzadi va taqdim etadi.
Belgilangan tartibda moliya organlari byudjet ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va
yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi bo’yicha oylik hisobot
shaklida byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosi to’g’risidagi asosiy ko’rsatkichlar
beriladi. Oylik hisobotda daromadlar byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, aniqlangan reja,
bajarilishi, bajarilishi foizda va farqi aks ettiriladi. Hisobotda byudjet xarajatlari ham
byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, unda aniqlangan reja, kassa xarajatlari, qabul qilingan
yuridik
majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar hamda bajarilishi foizda ko’rsatiladi va
farqi aks ettiriladi. Ushbu hisobotda byudjet Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa
byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larning hududiy g’azna schyotlaridagi, g’azna
tranzit schyotlaridagi qoldiqlari aks ettiriladi.
Byudjet ijrosi to’g’risidagi yig’ma oylik hisobotlar tegishli moliya
organlari
tomonidan o’zlari ijro etayotgan byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga
quyi byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini ham qo’shish yo’li
bilan tuziladi.
Moliya organlari choraklik hisobotni tegishli shakllarda o’sib boruvchi yakun
bo’yicha tuzadi.
Moliya organlarida byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik
hisoboti tarkibiga
quyidagilar kiradi:
1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;
2. Daromadlar;
3. Xarajatlar;
4. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi
bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi;
5. Byudjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha
shtatlar va kontingentlari
rejasining bajarilishi to’g’risida hisobot;
6. Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida
ma’lumot.
Moliya organlari choraklik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari
tasarrufidagi byudjet tashkilotlari bo’yicha quyidagi yig’ma
hisobotlarni ham taqdim
etadi:
8.
Balans;
9.
Xarajatldar smetasining ijrosi haqida hisobot;
10.
Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik xaqida ma’lumot;
11.
Byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari harakati
to’g’risida hisobot;
12.
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi
pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;
13.
Ta’lim muassasalarini o’qitishni to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lari
harakati to’g’risida hisobot;
14.
Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risida hisobot.