15-mavzu: Budjet xarajatlari nazorati Harajatlarni shakillanishi 1) byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
2) joriy byudjet transfertlari shaklida;
3) kapital xarajatlar shaklida:
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular
jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
chet elda davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olishga;
davlat ehtiyojlari uchun erga bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni
olishga;
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet
transfertlari shaklida;
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet
ssudalari shaklida;
6) davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet
ssudalari shaklida;
7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida;
8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Respublika byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport
(respublikaga bo’ysunadigan byudjet tashkilotlari bo’yicha);
2) ijtimoiy ta’minot;
3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
5) davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni
saqlash;
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O’zbekiston Respublikasining chet
eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo’ysunadigan byudjet
tashkilotlarini saqlash;
9) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini
amalga oshirish;
10) er tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash
chora-tadbirlarini amalga oshirish;
11) qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
12) gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.